Toshkent shahrida Latipova Ziyoda ismli ayol o‘z shaxsiy Mercedes-Benz mashinasini shahar hokimligiga tekinga berdi. Jahongir Ortiqxo‘jayev avtomobildan foydalanish bo‘yicha tegishli qarorni qabul qildi.

Foto: “E-qaror”

Qarorda keltirilishicha, Toshkent shahar hokimligi ishlar boshqarmasi va fuqaro Ziyoda Latipova Bahromovnaga tegishli qora rangli Mercedes-Benz S500 Hybrid (davlat raqami 01M798HB) yengil avtotransport vositasini Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga ixtiyoriy ravishda beg‘araz (tekinga) berish haqidagi taklifi ma’qullangan.

Qayd etilishicha, avtomobil belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, undan samarali foydalanish choralari ko‘riladi.

“OLX.uz” saytiga joylangan ushbu modeldagi avtomobil (2021-yilda ishlab chiqarilgan, 1000 kilometr yurgan) 275 000 AQSh dollarda baholangan.