• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda “aholini boy qilish maqsadida” arzon kredit evaziga qurilgan issiqxonalar birinchi qordan keyinoq qulab tushdi

    Qashqadaryo viloyatining ayrim hududlarida kam daromadli oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qurib berilgan issiqxonalar hech qancha vaqt o‘tmay qulab tushgan, aholi esa biror foyda keltirmagan issiqxona uchun kredit to‘lovlarini amalga oshirishga majbur bo‘lmoqda.

    Nishon tumanidagi Tallimarjon shaharchasida yashovchi Komil Bekmurodov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ma’lum qilishicha, 2019-yil bahorida u va boshqa mahalladoshlari hokimlikka chaqirilib, ularga “aholini boy qilish maqsadida imtiyozli tarzda issiqxonalar qurib berilayotgani” aytilgan. Shundan so‘ng u ham o‘sha vaqtda vaqtincha ishsiz bo‘lgan rafiqasi nomiga 15 million so‘mlik kreditni uch yil muddatga olib, issiqxona qurilishiga rozi bo‘lgan.

    Komil Bekmurodov.

    Komil Bekmurodov.
    Foto: “Daryo”

    Uning ta’kidlashicha, issiqxona boshidan sifatsiz qurilgan. U bu holat ustidan mas’ullarga shikoyat qilganida issiqxonani qurib berayotgan “Nishon yulduzi tomorqa xizmati” kompaniyasi vakillari: “Oilangiz nomiga kredit chiqib ketgan, iltimos, ishni ortga surmang, sifatli qilib topshiramiz”, deb va’da bergan. “Issiqxona talabga javob bersa bo‘ldi, deya ularning iltimosiga xo‘p dedim. Afsuski, 2020-yil noyabr—dekabr oyida qurib bitkazilgan issiqxonalar o‘sha yil 26—27-dekabr kunlari yog‘gan qor oqibatida qulab tushdi”, — deydi Komil Bekmurodov.

    Oila boshlig‘i hodisa yuz bergan vaqtdayoq tuman hokimligi, IIB va prokuraturasiga murojaat qilgan. Dastlab mahalla raisi boshchiligidagi ishchi guruh kelib, vaziyatni o‘rgangan va Bekmurodovdan tashqari yana 12 ta xonadonga qurib berilgan issiqxonalar yaroqsizligi, aholi undan daromad ololmayotgani haqida dalolatnoma tuzgan. Nishon tumani hokimi Muxtor Hayitmurodov esa 2021-yil fevral—mart oylarida yo‘llagan javob xatlarida fuqaroning issiqxonalar yaroqsiz chiqqani yuzasidan sudga murojaat qilishi mumkinligini tushuntirgan.

    Tuman prokurori Xidir Karimov imzosi 2021-yilning 27-aprel kuni chiqarilgan xatda “Nishon yulduzi tomorqa xizmati” kompaniyasi mansabdori G‘.P.ga o‘ziga ishonib topshirilgan o‘zganing mablag‘larini ishlatib yuborib, budjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda ayblanayotgani, ushbu holatlar yuzasidan 2021-yil 15-mart kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, fuqaroning shikoyati ham shu jinoyat ishiga qo‘shilgan holda o‘rganilayotgani ta’kidlangan. Ammo prokurorning 2021-yil 11-oktabrdagi javob xatida issiqxona qurib beruvchilar ishi tuman IIB tomonidan 2021-yil sentabr oyida yopilgan.

    Fuqaro Bekmurodov mart oyida mavjud bo‘lgan jinoyat alomatlari qanday qilib sentabr oyiga kelib yo‘q bo‘lib qolgani, ish qanday qilib yopib yuborilganini tushunolmay hayron. “Biz boy bo‘lamiz deb issiqxona qurdirib, bor-budimizni ham shu natijasiz kreditga sarflashga majbur bo‘lyapmiz”, — deydi fuqaro.

    Nishon tumani hokimligi axborot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, yuqorida zikr etilgan muammo yechimi bilan tuman hokimligi va tuman Xalq qabulxonasi shug‘ullanmoqda va tez orada muammo yechimi haqida batafsil ma’lumot beriladi.

    Kitob tumanida istiqomat qiluvchi er-xotin Said Tavakkalov va Sharofat Yunusova ham issiqxona orqasidan daromad topish taklifiga rozi bo‘lganlardan. “Xalq uchun ajratilgan kreditdan olgandik. Issiqxona qurib beruvchilarga bu ishni yaxshi tushunmasligimizni aytib, insof bilan qurib berishlarini so‘radik. Ammo issiqxonamiz birinchi qordayoq qulab, ekilgan ekinlarimiz nobud bo‘ldi”, — deydi Sharofat Yunusova.

    Said Tavakkalov.

    Said Tavakkalov.
    Foto: “Daryo”

    Said Tavakkalov nafaqat tuman, balki viloyat tashkilotlariga ham shikoyat qilib borgan, “ammo natija yo‘q”. “Issiqxona talabga javob bermaydi. Barcha ekinlarimizga kuydik. Tuman prokuraturasiga murojaat qildik — kelishmadi. Viloyat tashkilotlariga ham murojaat qildik, ammo hech qanday natija yo‘q”, — dedi otaxon “Daryo” muxbiri bilan suhbatda.

    Mazkur muammo bilan bog‘liq ma’lumotlar bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan edi. Shundan so‘ng Kitob tumani hokimligi va ushbu oilaga issiqxonani qurib bergan “Kitob yuqori darvoza” kompaniyasi vakillari shikoyat egalarining xonadonida bo‘lgan.

    “Ta’minotchi kompaniya rahbariyati aybini tan oldi va fuqaroga issiqxona uchun 25 million so‘m kreditni o‘z hisobidan to‘laydigan, shuningdek, fuqaroning 2 million so‘mlik zararini ham qoplaydigan bo‘ldi”, — dedi Kitob tumani hokimligi matbuot kotibi Qahramonjon Oqilov.

    07.12.2021, 15:11   Izoh (0)   21680
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha quruq so‘zdan amaliy ishlarga o‘tish vaqti keldi” — Abdulaziz Komilov

    07.12.2021, 14:36

    Jizzaxda mahkum o‘zini Prezident Administratsiyasi xodimi deb tanishtirib, jinoyat sodir etdi

    07.12.2021, 14:05

    “O‘zgidromet” 8-dekabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    07.12.2021, 13:50

    O‘zbekistonda foydalanilgan vaksinalar soni 35 mln dozadan oshdi

    07.12.2021, 13:08

    Toshkentdagi chegara bojxona postida yuk konteyneriga yashirilgan 200 mln so‘mlik elektromobil aniqlandi

    07.12.2021, 12:48

    Toshkentdagi “Qo‘yliq” dehqon bozori yo‘l kengaytirilishi sabab boshqa joyga ko‘chiriladi

    07.12.2021, 12:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.