Qovoq chindan ham foydalimi va undan nima tayyorlasa bo‘ladi? 3 xil oddiy retsept
A, C, E, K, T, PP, shuningdek, hazm qilishni yaxshilaydigan va immunitetni mustahkamlaydigan B1, B2, B5 va B6 vitaminlari mavjud bo‘lgan qovoq tarkibida karotin va pektin moddalari mujassam bo‘ladi. Qolaversa, Qp. Uning 100 grammida taxminan 25 kkal, 1 gr oqsil, 0,1 gr yog‘, 4,4 gr uglevod va suv bo‘ladi. Salomatlikni yaxshilashda ahamiyatli bo‘lgan ushbu mahsulotdan nimalar tayyorlash mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Qovoqli xushtam sho‘rva
- kokos suti — 100 ml;
- suv — 350 ml;
- qovoq — 1 kg;
- zanjabil — 1 g;
- sarimsoq piyoz — 1 g;
- zanjabil — 4 g.
- Kubik shaklida to‘g‘ralgan qovoqni pechda pishirib oling.
- Qozonga solib, ustidan suv quying.
- Qaynab chiqqanidan keyin ziravorlar va sut qo‘shib blenderda aralashtiring.
- Qovoq urug‘i bilan bezab keyin dasturxonga torting.
Qovoq qo‘shib tayyorlanadigan salat
- keyl karami — 50 g;
- qovoq — 100 g;
- no‘xat — 30 g;
- yalpiz — 1 g;
- qovoq urug‘i — 5 g;
- zaytun yog‘i.
- sabzi — 8 g;
- uzum sirkasi — 2 osh qoshiq;
- soya sousi — 6 g;
- zaytun yog‘i.
- Kubik shaklida to‘g‘ralgan qovoqni ustiga zaytun yog‘i quyib 190 daraja qizigan pechda pishiring.
- No‘xatni pishirib oling.
- Keylni bir necha bo‘lakka bo‘ling.
- Sous uchun kerakli mahsulotlarni barini blenderda aralashtiring.
- To‘g‘ralgan mahsulotlarga tayyor sousni qo‘shib aralashtiring.
Kakao qo‘shiladigan mazali ichimlik
Kerakli mahsulotlar:
- kakao kukuni — 5 g;
- qovoq pyuresi — 50 g;
- sut — 150 ml;
- kokos suti — 50 g;
- dolchin — 1 g;
- zanjabil — 1g;
- muskat yong‘og‘i — 1 g.
- Barcha mahsulotlarni bir-biriga qo‘shib aralashtiring.
- Dolchin qo‘shishni unutmang.
- 65-70 daraja olovda qaynatib oling.
Mavzuga doir:
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar