Tvorogli chizkeyk hammaning jon-u dili. Lekin uni tayyorlashning ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Ushbu retsept orqali tvorogli chizkeykni pech yordamisiz ham yanada mazali tayyorlash mumkinligini bilib oling.

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • jelatin – 60 gramm;
  • shaftoli kompoti– 400 gramm;
  • shakar upasi– 75 gramm;
  • sariyog‘ – 75 gramm;
  • pechenye – 300 gramm;
  • qaymoq – 200 ml;
  • maskarpone sariyog‘li pishlog‘i – 400 gramm;
  • tvorog – 100 gramm;
  • vanil.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pechenye bo‘laklarga bo‘linib, blender idishiga solinadi va ustidan eritilgan sariyog‘ quyilib, yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Qolipga pergament qog‘ozi qo‘yiladi va sariyog‘li aralashma quyilib, yuzasi tekislanadi.
  3. Jelatin ozroq suvda biroz qoldiriladi. So‘ngra eritish uchun qizdiriladi.
  4. Sariyog‘li pishloq yoki tvorog idishga solinib, vanil, shakar upasi qo‘shiladi va silliq bo‘lgunga qadar aralashtiriladi.
  5. So‘ngra jelatin qo‘shib aralashtiriladi. Qolipdagi pechenyeli aralashma ustidan quyiladi va muzlatkichga 30 daqiqaga qo‘yiladi.
  6. Shaftoli kompotidan mevasi ikkiga ajratiladi va yupqa qilib to‘g‘raladi. Bu bezak uchun.
  7. Jelatinning qolgan qismi kompot bilan aralashtiriladi va biroz qaynatiladi. ortib qolgan kompot va shaftoli blenderda aralashtiriladi va jelatinga qo‘shiladi.
  8. Qolipdagi shirinlik olinib, ustidan ehtiyotkorlik bilan shaftolili aralashma quyiladi.
  9. Yana 15-20 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  10. Yuzasi biroz qotgach, shaftoli bo‘laklari bilan bezak beriladi. So‘ngra yana qotishi uchun muzlatkichda qoldiriladi.

Yoqimli ishtaha!