17:48, 03.09.2020 9123

30 daqiqada tayyor bo‘ladigan qovoqli quyuq sho’rva pishiramiz

Vitaminlarga boy mazkur taomni pishirib ko‘rib, ketgan vaqtingizga achinmaysiz.

Foto: “Gastronom”

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Qovoq — 200 gr
  • Qaymoq (10 foizli) — 200 ml
  • Kartoshka — 100 gr
  • Bulg‘or qalampiri — 100 gr
  • Piyoz —1 dona
  • Pishloq — 50 gr
  • Suv yoki bulyon — 1 l
  • Quritilgan petrushka — 1 choy qoshiq
  • Tuz, murch ta’bga ko‘ra

Tayyorlanish jarayoni:

  • Sabzavotlarni “kubik” shaklida to‘g‘rab qozonga soling.
  • Issiq suv yoki bulyon solib 20 daqiqa qaynating.
  • Blender bilan bir massa holatiga kelgunicha aralashtiring.
  • Taomga qaymoq, petrushka, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq soling.
  • Tuzlang, murch seping va yana 5 daqiqa qaynating.
  • Taomni quritilgan non bo‘laklari bilan dasturxonga tortish tavsiya qilinadi.

Yoqimli ishtaha!