Sanitariya-epidemiologiya xizmati ijtimoiy tarmoqlar orqali COVID-19 infeksiyasi sabab lokdaun joriy etilishi to‘g‘risida kelib tushgan savolga javob berdi.
Qayd etilishicha, mutaxassislar “O‘zbekistonda lokdaun holati takrorlanishi mumkinmi?” savoliga quyidagicha javob bergan: “Viruslardan butkul xalos bo‘lish mumkin emas. Lekin taxminiy nuqtayi nazardan bashorat qilib ko‘rsak, agarda 2022-yilning bahorida kasallik ko‘rsatkichlarida yana o‘sishi kuzatilmasa, u holda mamlakatda lokdaun holati e’lon qilinmaydi. Shundagina Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2022-yilning oxirida yoki 2023-yilning boshida COVID-19 pandemiyasi tugatilganini e’lon qilishi mumkin”.
Eslatib o‘tamiz, 23-oktabr bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda lokdaun e’lon qilinish ehtimoli haqida fikr bildirgandi. “Bugungi kunda hech qanaqa lokdaun haqida gap bo‘lishi mumkin emas va barcha harakatlar shunga qaratilgan”, — degan u.
Mavzuga doir:
- “O‘zbekistonda 2021-yil oxiriga qadar koronavirusga qarshi vaksina oluvchilarning 80 foizi emlanadi” — Behzod Musayev
- Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida pnevmoniya va COVID-19 ga chalingan qancha bemor davolanayotgani ma’lum qilindi
- O‘zbekistonga ayrim davlatlardan keluvchilar 10 kunlik majburiy karantinga olinadi
Izoh (0)