Toshkent shahri Olmazor tumani hokimligida 2-avgust, dushanba kuni Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda ishtirok etgan bosh vazir Abdulla Aripov Olmazor tumani hokimi lavozimiga Azizxon Umarxonov nomzodini Xalq deputatlari Olmazor tuman kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etgan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Azizxon Umarxonov 2000-yilda O‘zbekiston IIV akademiyasini tamomlagan va shu yillar davomida tizimda samarali faoliyat yuritgan. 2020-yildan shu kunga qadar Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Deputatlar reglamentga muvofiq Olmazor tuman hokimi lavozimiga Azizxon Umarxonovning nomzodini bir ovozdan ma’qullagan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 18-iyul kuni Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Abdumajid Mullajonov 51 yoshida vafot etgandi.