Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 17 yoshli maktab o‘quvchisi hazil video olish uchun avtomobil yo‘li o‘rtasida cho‘milgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, T.S. va O.M. ismli maktab o‘quvchilari Buyuk ipak yo‘li ko‘chasining avtomobillar harakati qismida hazil uchun video olgan. Unda T.S. o‘zining ustidan bir chelak suv sepib, yugurgani aks etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan o‘smirlar va ularning ota-onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Ota-onalarga farzand tarbiyasi borasidagi majburiyatlari, shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) mazmun va mohiyati tushuntirilgan.
Shu modda asosida tegishli hujjatlar to‘planib, Mirzo Ulug‘bek tumani Voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha idoralararo komissiyasiga qonuniy chora ko‘rilishi uchun yo‘naltirilgan.
Mavzuga doir:
- Toshkentda Spark ustida sherigini bog‘lab, TikTok’ka rolik suratga olgan blogerlar 10 sutkaga qamaldi
- Buxoroda TikTok uchun drift qilgan haydovchiga chora ko‘rildi, “Jiguli”si jarima maydoniga joylashtirildi
- TikTok’da mashhur bo‘lishni istab, harakatlanib ketayotgan mashina oynasidan tanasini chiqargan holda video olgan tasvirchiga chora ko‘rildi
Izoh (0)