• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Armaniston-Ozarbayjon chegarasida yana to‘qnashuvlar kuzatildi. Asosiy ma’lumotlar

    16-noyabr kuni tushga yaqin Armanistonning sharqiy chegaralaridagi Sitsernakar tog‘li tumanida Armaniston va Ozarbayjon harbiylari o‘rtasida otishma boshlandi, u qisqa vaqtda zirhli texnika va artilleriya ishtirokidagi to‘laqonli harbiy harakatlarga aylanib ketdi. Bir necha soat davomida Armanistonning butun janubi-sharqiy chegarasi bo‘ylab faol janglar davom etdi. Bu 2020-yilning noyabr oyida 44 kunlik urush tugaganidan beri sodir bo‘lgan eng jiddiy to‘qnashuvga aylandi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Jang boshlanganidan so‘ng, ikkala tomon ham deyarli bir vaqtda bir-birlariga o‘z yo‘qotishlari haqida ma’lum qildi. “Soat 16:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00) holatiga ko‘ra, Armanistonning sharqiy chegarasida vaziyat o‘ta keskinligicha qolmoqda. Armaniston tomonida qurbonlar va yaradorlar bor, ular haqida ma’lumot aniqlanmoqda, ikkita jangovar pozitsiya yo‘qotilgani haqida ma’lum qilamiz” — deyiladi Armaniston harbiy boshqarmasi matbuot xizmatining 16-noyabr kungi bayonotida.

    “Respublika sharqida Ozarbayjon Qurolli Kuchlari bilan olib borilgan janglar natijasida 15 ga yaqin harbiy xizmatchi halok bo‘ldi”, — dedi Armaniston parlamentining tashqi aloqalar bo‘yicha doimiy komissiyasi rahbari Eduard Agajanyan va bu ma’lumot hali tasdiqlanmaganini qo‘shimcha qildi.

    Armaniston Mudofaa vazirligi, shuningdek, 12 arman askari — yetti nafar shartnoma bo‘yicha armiyaga olingan askar va besh nafar harbiy xizmatchi asirga olingani haqida xabar berdi.

    Janglar boshlanganidan 3 soat o‘tib, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston armiyasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida vahima ustun ekanini, Ozarbayjon armiyasi esa qarshi hujumga o‘tayotganini ma’lum qildi.

    Shuningdek, portlash va otishma ovozlari jang maydonidan bir necha kilometr uzoqlikda – Armanistonning Syunik viloyatidagi eng yirik shaharlardan biri Gorisdan ham eshitilgan.

    Tomonlar qanday bayonot berdi?

    Ozarbayjon bilan chegaradagi otishma tufayli Yerevan 1997-yildagi ikki tomonlama kelishuvga muvofiq Armaniston suveren hududini himoya qilish uchun Moskvaga murojaat qildi, dedi mamlakat Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan. Bu og‘zaki bayonot bo‘lsa-da, undan keyin rasmiy yozma murojaat qilinadi, deya qo‘shimcha qildi u. “Hujum Armanistonning suveren hududiga qaratilgani sababli biz Rossiyaga ikki davlat o‘rtasida 1997-yilda tuzilgan kelishuv doirasida Armanistonning hududiy yaxlitligini himoya qilish, o‘zaro majburiyatlarni bajarish so‘rovi bilan murojaat qilamiz”, — dedi Grigoryan.

    Grigoryanning so‘zlariga ko‘ra, “agar mavjud tuzilmalar bilan inqirozni hal qilib bo‘lmasa, Armaniston boshqa tuzilmalarga, ya’ni boshqa xalqaro hamkorlarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi”.

    Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan vatandoshlarni “Muqaddas Vatanni himoya qilishga” tayyor turishga chaqirdi.

    Jangning oltinchi soatida chegaradagi vaziyat keskinlashgani uchun Yerevan Moskvadan rasmiy ravishda yordam so‘rab o‘tirmadi, dedi Armanistonning Rossiyadagi elchisi Vardan Togonyan.

    Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde Yerevan va Bokuni chegaradagi vaziyatni yumshatish uchun zudlik bilan choralar ko‘rishga chaqirdi.

    16-noyabr kuni kechqurun Armaniston Mudofaa vazirligi ziddiyat hududidagi janglar Rossiya tomoni vositachiligida to‘xtatilganini e’lon qildi.

    Rossiya Mudofaa vazirligida xabar qilinishicha, Armaniston va Ozarbayjon Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan muzokaralar o‘tkazgandan so‘ng ikki davlat chegarasidagi Kilisali tog‘i hududida to‘qnashuvlarni to‘xtatganini ma’lum qilgan.

    “Telefon suhbatlari natijasida Ozarbayjon va Armaniston tomonlari vaziyatni barqarorlashtirish choralarini ko‘rdi. Hozirda Kilisali tog‘i hududida to‘qnashuvlar to‘xtadi, vaziyat normal holatga qaytdi va nazorat ostida”, — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.

    Yerevan bir kishi halok bo‘lgani, 12 kishi asirga olingani haqida xabar bermoqda.

    To‘qnashuvlar sababi nimada?

    Chegaraning ushbu qismida – Armanistonning Syunik viloyati va Ozarbayjonning Kelbajar tumanida olti oydan beri to‘qnashuvlar davom etmoqda. Bu yerdagi doimiy keskinlik avvallari tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi nazoratida bo‘lgan Kelbajar tumani 2020-yilgi urushdan keyin Ozarbayjonga o‘tgani, natijada Armaniston va TQR o‘rtasidagi ma’muriy chegara deb hisoblanadigan joyda, Armaniston-Ozarbayjonning davlatlararo chegarasi paydo bo‘lgani bilan yuzaga keldi.

    Mazkur hududda Qorabog‘ urushidan keyingi birinchi jiddiy voqea 2021-yilning 12-may kuni sodir bo‘lgan — o‘shanda Ozarbayjon harbiylari Qora ko‘l hududiga (arman tilida Sev Lich) kirib kelgan. Yerevan voqeani “Armaniston suveren hududiga tajovuz” deb atagan hamda Moskva va KXShTga yordam so‘rab murojaat qilgan.

    28-iyulda ham Armaniston va Ozarbayjon chegarasidagi ziddiyat yangidan avj olgan. Yerevan Ozarbayjon kuchlari to‘laqonli jangovar harakatlar boshlagani haqida, Boku esa Armaniston tomonidan o‘q uzilgani haqida xabar bergan. Yerevan xabariga ko‘ra, otishmada uch kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi yaralangan. Boku ikki yarador haqida ma’lum qilgan.

    Hozirgi to‘qnashuvlar boshlanishidan oldin tomonlar bir-birini provokatsiyada aybladi. Mojaro boshlanishidan bir kun avval Nikol Pashinyan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Ozarbayjon harakatlarini bosqinchilik deb baholadi va shu munosabat bilan mudofaa vaziri Arshak Karapetyanni iste’foga chiqarish tashabbusi bilan chiqdi. Uning o‘rniga bosh vazir o‘rinbosari, hukmron “Fuqarolik shartnoma” partiyasini boshqaradigan Suren Papikyan tayinlandi.

    May oyidan beri Boku ikki davlat o‘rtasidagi yangi chegara delimitatsiya va demarkatsiya qilinmaguncha, uning qayerdan o‘tganini aniq aytish mumkin emasligini ta’kidlab keladi va olti oydan ortiq vaqt o‘tdiki, o‘z qo‘shinlarini mintaqadan olib chiqishdan bosh tortadi.

    Mavzuga doir:

    • Armaniston va Ozarbayjon bir-birini yarashuvni buzib, o‘t ochishda aybladi
    • Armaniston va Ozarbayjon chegarasida otishma yuz berdi. Uch nafar armanistonlik harbiy halok bo‘ldi, ikkala tomonda ham yaradorlar bor
    • Ozarbayjon Armanistonga tinchlik shartnomasi imzolashni yana bir bor taklif qildi
    • Pashinyan o‘z o‘g‘lini Ozarbayjondagi barcha armanistonlik asirlarga almashtirishga tayyorligini aytdi

    17.11.2021, 15:20   Izoh (0)   29946
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ilon Mask butun dunyoda odamlar ocharchiligi muammosini hal etish bo‘yicha aniq rejani ko‘rsa, uning ijrosiga 6 mlrd ajratishini yozgandi. BMT reja loyihasini e’lo...

    17.11.2021, 15:05

    Lukashenko chegaradagi migrantlar uchun boshpana tashkillashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Ular logistika markaziga joylashtirilgan (foto)

    17.11.2021, 13:51

    Davr almashinuvi. Kommunizmning qizil bayrog‘ini qulatgan “baxmal inqilobi”

    17.11.2021, 09:40

    Saudiya Arabistoni iste’dodli muhojirlarga mamlakat fuqaroligini berdi

    17.11.2021, 08:26

    BAA Eron bilan munosabatlaridagi keskinlikni yumshatish choralarini ko‘rmoqda

    16.11.2021, 23:40

    To‘qayev parlamentga har qanday holatda ham o‘lim jazosini bekor qiladigan qonun ishlab chiqishni taklif etdi

    16.11.2021, 23:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.