• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Davr almashinuvi. Kommunizmning qizil bayrog‘ini qulatgan “baxmal inqilobi”

    XX asrning ikkinchi yarmi insoniyat tarixidagi eng murakkab, butun dunyo faqatgina ikki qutbga bo‘lingan qaltis davr hisoblanadi. Kapitalistik mafkura hukmronlik qiluvchi AQSh va g‘arbiy Yevropa davlatlari kommunistik SSSR, Xitoy va sharqiy Yevropa davlatlari bilan har sohada raqobat olib boradi. Tarixda “Sovuq urush” deb nomlangan bu qarama-qarshilikning intihosini, ya’ni kommunistik mafkura tanazzulini boshlab bergan “baxmal inqilobi” haqida “Daryo” kolumnisti Muhammadqodir Sobirov hikoya qiladi.

    Ancha oldinroq — “Praga bahori”

    Sharqiy Yevropada birinchilardan bo‘lib kommunistik partiya va SSSR boshqaruviga chek qo‘ygan “baxmal inqilobi” yoki “yumshoq inqilob” Chexoslovakiyadagi birinchi kommunizmga qarshi harakati emasdi. Mamlakatda inqilobdan 19 yil oldin (1968) ham qizil bayroq sabab qon to‘kilgandi.

    O‘shanda davlat rahbarligiga SSSR tomonidan tayinlangan Aleksandr Dubchek davlatda liberal islohotlar o‘tkazadi. Jumladan, iqtisodiy hamda ma’muriy islohotlar o‘tkazilib, OAV va fuqarolarga so‘z erkinligi beriladi.

    Ammo Dubchekning bu islohotlari SSSR yuqori doiralariga yoqmaydi. Sovet rahbarlari Chexoslovakiyadagi jarayonlarni kommunistik partiya faoliyatiga tahdid sifatida ko‘radi. Qolaversa, KGB zobitlari islohotlardan so‘ng SSSRning Chexoslovakiyadagi ta’siri kamayishidan ham xavotirga tushadi. Shundan keyin rasmiy Moskva Chexoslovakiyadagi nazoratni yo‘qotmaslik uchun mamlakatga qo‘shin kiritishga qaror qiladi. 1968-yil 21-avgustda Varshava shartnomasiga a’zo davlatlarning yarim millionlik qo‘shini Chexoslovakiyaga bostirib kiradi. Sovet qo‘shinlari Praga ko‘chalariga kirib, talabalar namoyishini bostiradi.

    “Praga bahori”. Sovet tanklari Praga ko‘chalarida

    “Praga bahori”. Sovet tanklari Praga ko‘chalarida
    Foto: Eurotopics

    Ittifoqchilar qo‘shiniga qarshilik ko‘rsatgan yuzlab insonlar o‘ldiriladi. Aleksandr Dubchek hokimiyatdan olinib, uning o‘rniga sovetparast Gustav Gusak tayinlanadi. Dubchek islohotlarining bahor faslida amalga oshirilgan va tezda tugatilgani uchun bu voqealar tarixda “Praga bahori” nomi bilan qoladi. Voqea izsiz ketmadi, chexlarda SSSR va kompartiyaga bo‘lgan nafrat kuchayib bordi.

    Yan Opletal va xalqaro talabalar kuni

    Yan Opletal Pragadagi Karl universitetining talabasi bo‘lib, Chexiyada u fashistlarga qarshi kurash ramziga aylangan.

    Yan Opletal

    Yan Opletal
    Foto: RusTeam

    1939-yil Chexoslovakiya respublikasi tashkil topganining bir yilligi munosabati bilan nemislarga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishida yosh talaba Yan Opletal ham qatnashadi. Ushbu miting shafqatsizlarcha bostirilib, Opletal o‘q uzilishi natijasida qornidan jarohat oladi va kasalxonada vafot etadi.

    15-noyabrda Yan Opletalning dafn marosimida minglab talabalar qatnashadi va bu Germaniyaga qarshi norozilik namoyishining ikkinchi to‘lqiniga aylanib ketadi. Bunga javoban Chexiyadagi barcha kollej va universitetlar yopiladi, 1 200 dan ortiq talaba konslagerlarga yuboriladi.

    17-noyabr kuni Pragada namoyishlarda qatnashgan to‘qqiz nafar talaba qatl etiladi. Bu voqea butun dunyoni larzaga soladi. Qatl qilingan talabalar xotirasiga 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni deb e’lon qilinadi. Chexiyaning o‘zida esa bu sana Ozodlik va demokratiya uchun kurash kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

    Inqilobning boshlanishi

    Chex muxolifati 1985-yilda boshlangan SSSRdagi qayta qurish rejasidan so‘ng mustaqillik uchun dadil harakatlar amalga oshirishga qaror qiladi. 17-noyabr chex xalqining haqiqiy kurash kuniga aylanadi. 1989-yilning shu kunida Yan Opletal vafotining 50 yilligini xotirlash yurishi uyushtiriladi. Talabalar Yan Opletal halok bo‘lgan kun munosabati bilan Praga markazi — Vatslav maydoniga qadar xotira yurishi tashkil qilmoqchi bo‘ladi.

    Foto: AFP

    17-noyabr tongida 15 mingga yaqin talabalar ruxsat berilgan namoyish uchun Praganing Albertov tumanida to‘planadi. Ular Vishegrad qo‘rg‘onida Opletal tobutiga gullar qo‘yish va shamlar yoqish marosimidan so‘ng tarqala boshlaydi. Biroq minglab talabalar yurishni hukumatga qarshi namoyishga aylantirib, Vatslav maydoni tomon harakatlanadi. Talabalarga shahar aholisi ham qo‘shiladi.

    Ammo politsiya namoyishchilarning Vatslav maydoniga yetib borishga ruxsat bermaydi va yo‘llarni to‘sib qo‘yadi. Politsiyachilar ko‘pchilikni kaltaklaydi hamda 40 daqiqalardan so‘ng barcha tarqatib yuboriladi.

    “Buyuk maqsadlar uchun buyuk yolg‘onlar lozim”

    17-noyabrdagi voqealar hukumatning aholi bilan muloqot qilishni xohlamasligini ko‘rsatadi. Xalq orasida politsiya aralashuvi natijasida insonlar qurbon bo‘ldi degan mish-mishlar tarqala boshlaydi.

    Namoyishning ertasi kuni talaba Martin Shmidning (aslida davlat xavfsizlik xizmati xodimi Lyudovik Zifchak) halok bo‘lgani haqida yolg‘on xabar tarqaladi va bu tezda katta rezonansga sabab bo‘ladi. Yolg‘on o‘lim haqidagi xabardan so‘ng Praga universiteti talabalari hukumatga qarshi norozilik aksiyalarni boshlaydi, boshqa oliygohlar ham ularga qo‘shiladi. Praga teatri ishchilari boshlagan ish tashlash butun mamlakat bo‘ylab yoyiladi.

    19-noyabr kuni Chexiyada barcha muxolifat kuchlarni birlashtirgan “Fuqarolik forumi”, Slovakiyada esa “Zo‘ravonlikka qarshi kurash jamiyati” tuziladi. “Fuqarolik forumi”ga atoqli chex siyosiy arbobi, liberal Vatslav Gavel rahbarlik qiladi.

    Foto: “Vedemosti”

    Norozilik va ish tashlashlar butun respublika bo‘ylab davom etadi. 25-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Pragadagi mitingda 800 ming kishi ishtirok etadi.

    G‘alaba va bo‘linish

    Nihoyat 28-noyabr kuni kommunistik hukumat hokimiyatni topshirishni e’lon qiladi va ertasi kuni Chexoslovakiya parlamenti Konstitutsiyadan kommunistik partiyaning yetakchi roli haqidagi moddani olib tashlaydi. Oradan roppa-rosa bir oy o‘tib qayta tashkil etilgan parlament Vatslav Gavelni prezident, Aleksandr Dubchekni esa parlament raisi etib saylaydi. Shu tariqa tarixga “baxmal inqilobi” yoxud “yumshoq inqilob” nomi bilan kirgan chex inqilobi hech qanday qon to‘kishlarsiz amalga oshadi. Qattiq to‘qnashuvlar va qon to‘kishlarsiz amalga oshirilgani uchun bu inqilob yuqoridagi nomni oladi. SSSR bu voqealarga hech qanday tarzda aralashmaganligi chex inqilobi g‘alabasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Sovet davlatining o‘zi bu paytda ichki muammolar girdobiga tushib qolgan edi.

    1990-yil Chexoslovakiyda bo‘lib o‘tgan demokratik saylovlarda Vatslav Gavel g‘alaba qozonadi. U Chexoslovakiyaning ikkiga — Chexiya va Slovakiyaga ajralishiga hech qanday qarshilik qilmaydi va buni demokratik jarayon sifatida ko‘radi. 1993-yil 1-yanvardan Chexoslovakiya rasman ikki mustaqil Chexiya va Slovakiya davlatlariga ajraladi. Bo‘linish ham yumshoq tarzda bo‘lib, barchasi tinch o‘tadi.

    Vatslav Gavel (o‘rtada)

    Vatslav Gavel (o‘rtada)
    Foto: “Vedemosti”

    Shunday qilib chex va slovak xalqlarini kommunistik rejim va SSSR boshqaruvidan xalos qilgan “baxmal inqilobi” deyarli hech qanday zo‘ravonliklarsiz o‘tkazilgani sabab tarixdagi eng mashhur inqiloblardan biriga aylandi. Ko‘p o‘tmay kommunistik mafkura quyoshi bo‘lmish SSSRning o‘zi ham parchalanib ketadi. Slovakiyaga nisbatan Chexiya davlati juda tez taraqqiy etdi va katta iqtisodiy o‘sishga erishdi. Bugungi kunda 17-noyabr Chexiyada ozodlik va demokratiya uchun kurash kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

    17.11.2021, 09:40   Izoh (0)   98894
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada harbiylar xatosi sabab 20 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 3 iyun, 13:11

    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta

    Reklama | 3 iyun, 12:45

    Hindiston aeroportiga yo‘lovchi 47 ta zaharli ilon olib keldi (foto)

    Dunyo | 3 iyun, 12:55

    Yaponiyaliklar 45 soatda uy qurishni o‘rganib oldi (video)

    Arxitektura | 3 iyun, 12:45

    Pep Gvardiola: “Mavsum og‘ir bo‘ldi, lekin biz muhim vazifani bajardik”

    Sport | 3 iyun, 12:40

    Bill Geyts boyligining katta qismini Afrikaga beradi

    Dunyo | 3 iyun, 12:39

    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

    Reklama | 3 iyun, 10:30

    Ukraina Rossiyadan deportatsiya qilingan 500 dan ortiq bolani qaytarishni talab qildi

    Dunyo | 3 iyun, 12:19

    Jaziramada terlamaslikka yordam beradigan layfhaklar

    Layfstayl | 3 iyun, 12:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.