Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Afg‘onistonning yangi hukumati o‘z va’dasi va xalqaro majburiyatlarini bajarishiga umid qiladi, ularda bundan boshqa yo‘l yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Euractiv media-portaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Intervyuning to‘liq versiyasi TIV matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Tolibon” harakati xalqaro hamjamiyat oldida qanday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olganini eslatib o‘tgan:

Vakillikka asoslangan hukumatni yaratish;

  • asosiy inson huquqlari va erkinliklariga, jumladan, ayollar va milliy ozchiliklarning huquqlariga rioya qilish;
  • xalqaro terrorizm va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish;
  • turli terroristik guruhlarning mamlakat hududiga joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan har qanday aloqalarni to‘xtatish;
  • mintaqadagi davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini qo‘llab-quvvatlash.
“Afg‘oniston hududidan endi hech qachon boshqa davlatlarga nisbatan zarracha tahdid ham bo‘lmasligi kerak”, — deya ta’kidlaydi TIV rahbari.

“O‘ylaymizki, Afg‘onistonning muvaqqat hukumati mamlakat yaqin kelajakda davlatlararo va xalqaro munosabatlarda teng huquqli subyektga, umumiy sivilizatsiya dunyosining bir qismiga aylanishi uchun ushbu muhim qadamlarni qo‘yishga qodir. Boshqa yo‘l yo‘q, faqat u afg‘on xalqini taraqqiyot va farovonlikka, Afg‘onistonni — uzoq kutilgan tinchlik sari yetaklar oladi”, — deydi Abdulaziz Komilov.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘onistondagi gumanitar vaziyat halokatga yaqin.

“Ammo Afg‘oniston xalqariga samarali va favqulodda yordam berishga kuchimiz yetadi. Dastlabki qadamlar sifatida Afg‘onistonning xalqaro aktivlarini faollashtirish, sanksiyalarni yechish, shuningdek, mamlakat bank tizimining qayta tiklanishida amaliy yordam berish uchun mavjud barcha jahon hamjamiyatlari imkoniyatlaridan foydalanish”, — deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Komilov 8-sentabr kuni Afg‘oniston masalasi bo‘yicha 20 dan ortiq TIV rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham Afg‘oniston uchun mojarolardan keyingi strategiyani ishlab chiqish, jumladan, uning iqtisodiyotini tiklash, mamlakatni mintaqaviy integratsion jarayonlarga jalb qilish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish zarurligiga e’tibor qaratgandi. “Tolibon” rasmiysi 7-oktabr kuni Kobulda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekiston xavfsizligiga Afg‘oniston hech qanday tahdid bo‘lmasligini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi