Jizzax viloyati Yangiobod tumani prokurorining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo” so‘roviga asosan bu xabarni tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, 15-noyabr kuni taxminan soat 16:30 larda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyati Yangiobod tumani prokurorining o‘rinbosari 8000 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Andijon prokuraturasi xodimi 15 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)