Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Rossiya 24” telekanali muxbiri Robert Fransga bergan intervyusida Afg‘oniston masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi vakili

Foto: Tashqi ishlar vazirligi vakili

Komilovning qayd etishicha, Afg‘oniston yangi hukumati haqiqatan ham mintaqaviy va kengroq xalqaro hamjamiyatga qo‘shilish niyatida, “Tolibon” harakati ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirmoqda.

“Aniq bir misol keltiraman: O‘zbekiston chegarasiga tutash Balx viloyatiga qilgan safarimizning ertasiga u yerdagi barcha qizlar maktabga chiqishdi. Boshqa viloyatlar ham shunga ergashdilar. Toliblar ayollarni ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalarda ish bilan ta’minlashga va’da bermoqda”, — deydi O‘zbekiston TIV rahbari.

Komilovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda barchasi sekin-asta o‘zgarmoqda.

“Albatta, bu Afg‘onistonning o‘ziga xosligi, bu o‘z an’analari, dini va ma’naviy qadriyatlariga ega musulmon mamlakat. Shunga qaramay, fikrimizcha, Afg‘oniston mintaqaviy oila va xalqaro hamjamiyatning bir qismi bo‘lishga loyiqdir. Ammo buning uchun ular bilan ishlash kerak”, — deya ta’kidlaydi Abdulaziz Komilov.

Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Komilov 8-sentabr kuni Afg‘oniston masalasi bo‘yicha 20 dan ortiq TIV rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham Afg‘oniston uchun mojarolardan keyingi strategiyani ishlab chiqish, jumladan, uning iqtisodiyotini tiklash, mamlakatni mintaqaviy integratsion jarayonlarga jalb qilish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish zarurligiga e’tibor qaratgandi. “Tolibon” rasmiysi 7-oktabr kuni Kobulda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekiston xavfsizligiga Afg‘oniston hech qanday tahdid bo‘lmasligini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi