• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Gazlida huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurash va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar, ularning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

    Yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev, Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Bektosh Soyipov, Gazli shahar hokimi Sherali Po‘lotov, Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Shermat Shodiyev, Romitan tumani prokurori Farrux Atoyev, boshqaruv raisi o‘rinbosarlari, departament va bo‘lim boshliqlari, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi rahbarlari hamda mehnat jamoasi vakillari ishtirok etishdi.

    Yig‘ilish avvalida, Gazli regionida uglevodorodlarni qazib chiqarish va geologiya-qidiruv ishlari uchun belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarni bajarishga qaratilgan geologo–texnik tadbirlarning amalga oshirilishi holati tahlil qilindi. Bir necha yillardan buyon e’tiborsiz qolgan boshqarma uchun yetarli sharoitlar yaratilib berilgani, to‘liq moliyaviy ta’minlanayotganiga qaramay, ishlar hanuz belgilangan darajada emasligi tanqid qilindi.

    Boshqaruv raisi bir necha bor boshqarma faoliyati o‘rganilib, korrupsiyaning oldin olish bo‘yicha komplayens nazorat qilinayotgan bo‘lsada, o‘g‘irlik va talon-taroj qilishga urinayotgan ishchi xodimlar borligi achinarli ahvol ekanligini ta’kidladi.

    Jumladan, Gazli zavodida yillik quvvati 5,0 milliard kub metr tabiiy gaz bosimini oshirib berishga mo‘ljallangan Uchqir siquv kompressor stansiyasi, gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasining 6-tarmog‘i, yangi qozonxona, gazni quritish qurilmasi hamda gazdan propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasi foydalanishga topshirilib, “Uchqir” gazni oltingugurtdan tozalash majmuasi “Gazli gazni qayta ishlash zavodi” deb nomlangani, yangi ishchi o‘rni yaratilib, mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash birinchi o‘rindagi vazifa etib belgilandi.

    Afsuski, boshqarmadagi mas’ul rahbar xodimlarning va mutaxassislarning e’tiborsizligi sababli talon tarojliklar va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.

    Eng achinarlisi, intizomning bo‘shashtirib yuborilganligi natijasida, 2021-yil mobaynida baxtsiz hodisalar ro‘y bergan bo‘lib, albatta, bu haqda gapirish rahbar sifatida menga juda og‘riqli, deb avtohalokatda halok bo‘lgan ishchi xodim va u bilan bog‘liq holat yodga olindi.

    Bundan tashqari, avtotransport sexida ehtiyot qismlar haqiqatda o‘rnatib berilmaganligi, hujjatlarga soxta ma’lumot kiritilgani, sexda saqlanayotgan Niva va UAZ rusumli avtotransport vositalarining dvigatel hamda asosiy ehtiyot qismlari o‘g‘irlanib, jiddiy talofot yetkazilgan bo‘lsada, tezkorlik bilan tegishli choralar ko‘rilmagani keskin tanqid qilindi.

    Avtotransport sexidagi transport vositalariga jami 40,4 million so‘mlik ehtiyot qismlar haqiqatda o‘rnatib berilmaganligi tasdiqlandi, haqiqatda o‘rnatilmagan ehtiyot qismlar hujjatlarga soxta ma’lumot kiritish yo‘li bilan buxgalteriya hisobidan chiqarilganligi aniqlandi.

    Ehtiyot qismlarini va yoqilg‘i moylash mahsulotlarini hisobdan chiqarishda ham muammolar aniqlangan. Misol uchun, Zil-131 rusumli o‘t o‘chiruvchi transport vositasi nosoz holda vodiy neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidan trallerga ortib olib kelingan bo‘lsada, joriy yilning iyun oyida jami 3 931,2 ming so‘mlik 546 litr benzin yoqilg‘isi buxgalteriya hisobidan asossiz hisobdan chiqarilgan.

    Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi uchun xarid qilingan 4 dona jami qiymati 1 milliard 620 million so‘mlik elektrodvigatellar o‘rganilganda, ular mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilmaganligi, birkalari o‘zgartirilganligida korrupsiya alomatlari mavjudligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘ldi. Shu sababli tekshiruv o‘tkazilib to‘plangan hujjatlar qonuniy ko‘rib chiqishlik uchun Buxoro viloyat prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilindi. Hozirgi kunda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    O‘g‘irliklar aynan ishchi xodimlar tomonidan qilinayotgani ham juda achinarli ahvol ekanligi ta’kidlandi. Masalan, yotoqxona komendanti 2021-yil 25-sentabr 2 dona akfa romi, 2 dona akfa eshik, 3 dona uzunligi 3 metr bo‘lgan d-73 millimetrli NKT quvuri, 20 dona uzunligi bir metr bo‘lgan d-50 millimetrli quvur, 5 dona uzunligi 2.50metr, balandligi 1.5 metr hajmli bo‘lgan to‘r panjarasi va COVID-19 dezinfeksiya tunnelini davlat raqamli belgisi 80/889 OAA “KamAz” rusumli yuk avtouloviga yuklab, usti beda bilan yopilib, Uchqir hududidan asossiz olib chiqib ketilgan. Bunday huquqbuzarliklar muntazam davom ettirilgani tanqid qilindi.

    Yana bir holatda aynan ana shu yotoqxona komendantining o‘g‘liga uzrli sabablarsiz ishga kelmasdan, jami 36 million so‘m asossiz ish haqi to‘lovlari to‘lab kelingan. Ayni mana shu va boshqa holatlar bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga rasmiy murojaat kiritilgan.

    Boshqaruv raisi ushbu yig‘ilishga tashrif buyurgan huquq tartibot idoralari mas’ul rahbarlaridan kim bo‘lishidan qat’iy nazar barcha o‘g‘irlangan va yo‘l qo‘yilgan salbiy holatlarga tegishli huquqiy baho berilishi, har qanday korrupsion sxemalarni yo‘qotish, o‘g‘irlik va talon-tarojliklarga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan jazo choralari ko‘rilishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, oshkoralik va ochiqlik siyosati yo‘lida amaliy yordam berishlarini so‘rab murojaat qildi.

    Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Bektosh Soyipov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasidagi amalga oshirilayotgan yangi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarilgani, uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotgani, qonunni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashishning mohiyati, uning o‘rni, uning oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar, yil boshidan buyon amalga oshirilgan huquqbuzarliklar, talon-tarojliklar, mansab lavozimlarini suiiste’mol qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.

    Shuningdek, ishga joylashish masalasidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaslik holatlari bo‘yicha prokuraturaga kelib tushayotgan arizalar, vakant lavozimlar, ishga qabul qilishdagi shaffoflikni ta’minlash masalalari hamda kelgusida o‘zaro hamkorlikda ishlarni davom ettirish yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

    Prokuratura bilan birgalikda Gazlidagi barcha o‘g‘irliklar, talon-taroj, korrupsiya holatlari va “ko‘rinmas kuchlar”ga qarshi kurash hamda sodir etilayotgan yoki etilishi mumkin bo‘lgan barcha huquqbuzarliklarning oldini olish, bartaraf etish yo‘nalishida prokuratura organlari hamkorlikka har doim tayyor ekanliklarini bildirishdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Shermat Shodiyev ham majlis qatnashchilariga qo‘riqlash ishlarini amalga oshirishda postlar va mobil guruhlar tashkil etilganligi, aniqlangan turli talon-tarojliklar, o‘g‘irlik holatlari, o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarni ta’kidlab o‘tdi.

    Bundan keyin ham Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan Gazli regionidagi vaziyat qattiq nazoratga olinishi hamda tun-u kun qo‘riqlash harakatlari davom ettirilishini bildirdi.

    Shu vaqtga qadar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bilan talon-taroj hamda o‘g‘irliklarga qarshi kurash o‘z samarasini berib, bir qator huquqbuzarlik holatlari fosh etildi. “Kulbeshkak” va “Uchqir” konlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida, xuddiki cho‘pon sifatida faoliyat yuritib, aslida kondensat o‘g‘irligi bilan shug‘ullanayotganlar aniqlandi. U yerda kondensat saqlash joyi aniqlanib, hajmi 20 litrdan bo‘lgan 15 dona, hajmi 200 litr bo‘lgan 1 ta dona plastmassa idish ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

    “Uchqir” konidagi 214-sonli quduqdan tabiiy gaz va mash’ala quvurlari o‘g‘irlab ketilgani fosh etildi.

    – Qorako‘l tumani “Uchqir—Qumli” yo‘nalishida joylashgan Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Andaqli” koniga qarashli 7-sonli quduq oldida turgan 4 dona D89 milimetrli, 1 dona 10 metrli temir quvurlari noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

    – “Kulbeshkak—Doyaxotin” yo‘nalishi hududi cho‘llarida 4 nafar fuqaro I.O., K.H., B.H., O.T. gaz quvurlarini kesib olishayotgan vaqtida ushlangan.

    – 2021-yilning 13-may kuni “Qumli”, “Savatli—Kulbeshkak” konlaridan, 27-iyun kuni “Kulbeshkak” va “Uchqir” konlaridan gaz kondensati va 5-iyul kuni “Uchqir” konidagi 214-sonli tabiiy gaz qudug‘ining “uzel zadavka” qismida hamda mash’ala (fakel) quvurlarini o‘g‘irlangani hamda uni o‘g‘irlashda gumon qilinganlar aniqlangan.

    – Joriy yilning 17-oktabr kuni taxminan soat 23:00 da “O‘zbekneftgaz” AJ Gazli neft va ga qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Hojikazgan—Qumli—Chaqaqum” gazokondensat quvurlari avtoyo‘nalishi atrofida Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan.

    Tadbir davomida Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan davlat raqam mavjud bo‘lmagan UAZ rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib tekshirilgan. Avtotransport yukxonasida bo‘lgan har birining hajmi 60 litrni tashkil qiladigan 24 dona bo‘sh yelim bochka xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

    2021-yil yakuniga qadar tabiiy gaz va gaz kondensati qazib chiqarish reja ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida va so‘zsiz bajarish, bu borada rejalashtirilgan geologo-texnik tadbirlarni amalga oshirish, uglevodorod zaxiralarini ko‘paytirish, shuningdek, boshqarmaning moliyaviy iqtisodiy holatini va xodimlar o‘rtasidagi muhitni yaxshilash maqsadida, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida qazib chiqarish ko‘rsatgichlarini bajarilishida qoloqlikka yo‘l qo‘ygan, moliyaviy iqtisodiy holat yomonlashishiga sababchi bo‘lgan, mehnat intizomiga rioya qilmagan, o‘z xizmat vazifalarini qo‘pol ravishda buzgan 8 nafar mas’ul rahbar va ishchi xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.

    Besh nafar xodimlarga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo choralari, 10 nafariga o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi belgilangan.

    Boshqaruv raisi boshqarmada bu yo‘l qo‘yilayotgan salbiy holatlar hali hammasi emasligi, afsuski, bunday holatlar jamiyat obro‘siga putur, manfaatlariga zarar yetkazishini bildirib, yangi rahbar Xislat Nazirovni butun jamoa qo‘llashi kerakligini, u qisqa muddatda ishlab chiqarishda sezilarli o‘zgarish qilganligini, boshqarma faoliyatida ko‘plab ko‘rsatkichlar bajarilganini ta’kidlab, “O‘zbekneftgaz” AJning barcha departamentlaridan bittadan malakali xodim bir oy davomida shu yerda faoliyat olib borishini bildirdi.

    Albatta, bu qilinayotgan ishlar boshqarmaning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, belgilangan reja ko‘rsatkichlarini oshirib bajarish, moliya, hisob, xo‘jalik, iqtisodiy, xarid jarayonlari hamda boshqa yo‘nalishlarni takomillashtirish yuzasidan alohida chora-tadbirlar ekanini qayd etdi.

    Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida boshqaruv raisi boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar, huquqbuzarliklar uchun qariyib 30 dan ortiq rahbar va mas’ul xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilib, ayrimlarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilgan edi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    15.11.2021, 13:30   Izoh (0)   16111
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston yoshlari ishga joylashishda qanday muammolarga duch kelmoqda?

    15.11.2021, 12:43

    O‘zbekistonda hafta boshlarida qor yog‘ishi mumkin

    15.11.2021, 12:11

    Andijonda 5 erkak tomonidan zo‘rlanganini aytgan kelinchak tuhmat qilgan deb topilib, unga nisbatan jazo tayinlandi

    15.11.2021, 11:50

    O‘zbekiston Mozori Sharif aeroportini rekonstruksiya qiladi

    15.11.2021, 11:39

    “Endi qog‘oz jurnal, reyting daftarcha bo‘lmaydi, talaba guvohnomasi ham ID kartaga o‘tkaziladi” — Abduqodir Toshqulov

    15.11.2021, 10:32

    O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 790 so‘mga qadar ko‘tarildi

    15.11.2021, 09:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Sistit — bu uyat emas!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00

    Buyuk Britaniya AQSHdan qo‘shimcha F-35 yadroviy qiruvchilarni sotib oladi

    Dunyo | 1 iyun, 16:25

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.