• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda 5 erkak tomonidan zo‘rlanganini aytgan kelinchak tuhmat qilgan deb topilib, unga nisbatan jazo tayinlandi

    Andijonda 5 erkak tomonidan zo‘rlanganini aytgan kelinchakka nisbatan ikki yarim yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

    Bundan besh yarim oy avval Andijon viloyatida 5 oylik kelinchak besh kishi tomonidan zo‘rlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Unda kelin dala shiyponida idishlarni yuvish uchun chiqqanida, uni ko‘rgan spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan 5 nafar erkaklar majburlab shiyponga olib kirib, qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, zo‘rlagani aytilgan. Kelinning yaqinlari uni zo‘rlagan erkaklarga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

    Shundan so‘ng Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, shuningdek, jinoyat ishini ichki ishlar vaziri shaxsan nazoratga olgani ham ma’lum qilingandi.

    29-may kuni Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchining badanida zo‘rlik alomatlari bilan bog‘liq tan jarohatlari mavjud emasligi, 13-14 haftalik homilador ekani va homilasi rivojlanayotgani aniqlangan.

    Tergov harakatlari davomida to‘plangan inkor qilib bo‘lmas dalillarga asosan kelinchak O.O.ning zo‘rlangani to‘g‘risidagi vajlari o‘z tasdig‘ini topmagani sababli jinoyat ishining gumon qilinuvchilarga tegishli qismini Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga (jinoiy hodisa yuz bermagan yoki shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa) asosan tugatish masalasi ko‘rib chiqilayotgani, fuqaro O.O. va boshqalarning tuhmat qilgani holatiga huquqiy baho berish maqsadida tergov harakatlari davom ettirilayotgani ma’lum qilingandi.

    Afsuski, oradan besh oydan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da ichki ishlar vazirligidan tortib, bosh prokuratura, hattoki sud tomonidan ham tergov harakatlari natijasi yuzasidan ommaviy axborot vositalarida hech qanday qo‘shimcha yoki yakuniy ma’lumot berilmagandi.

    Noyabr oyi boshida “Daryo” muxbiri viloyat prokuraturasi axborot xizmati bilan bog‘lanib, tergov harakatlari yakuni bo‘yicha ma’lumot taqdim etishni so‘radi.

    Viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 26-iyun kuni O.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi (nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali; og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab; og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holda; g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda qilingan tuhmat) bandlari va boshqa moddalari (aynan qaysi moddalar ekaniga aniqlik kiritilmagan) bilan ayblov e’lon qilinib, “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    Jinoyat ishi ayblanuvchi O.O. va uning himoyachisiga tanishtirilgan va jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi tuzilib, Jinoyat protsessual kodeksining 388-moddasi tartibida sud muhokamasiga yuborilgan. Biroq “Daryo” muxbirining ushbu holat yuzasidan Andijon viloyat sudiga qilgan so‘rovi bo‘yicha hech qanday ma’lumot berilmagandi.

    Viloyat sudi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2021-yil 10-sentabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumani sudi tomonidan sudlanuvchi O.O.ga nisbatan sud ishi tegishli tartibda ko‘rib chiqilgan.

    Sudning hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi O.O. Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismining “a” bandi (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish) bilan aybli deb topilgan. Unga nisbatan 2 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

    15.11.2021, 11:50   Izoh (0)   52289
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Mozori Sharif aeroportini rekonstruksiya qiladi

    15.11.2021, 11:39

    “Endi qog‘oz jurnal, reyting daftarcha bo‘lmaydi, talaba guvohnomasi ham ID kartaga o‘tkaziladi” — Abduqodir Toshqulov

    15.11.2021, 10:32

    O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 790 so‘mga qadar ko‘tarildi

    15.11.2021, 09:48

    Qoraqalpog‘istonda IIV xodimi pora olayotganida qo‘lga tushdi

    15.11.2021, 08:33

    O‘zbekistonlik talaba yigit Telegram’dagi botini 150 ming dollarga sotdi. Mana uning hikoyasi

    15.11.2021, 07:07

    Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga noyabrning ikkinchi yarmida borishi kutilmoqda

    14.11.2021, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.