Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati IIV YHXBB elektron tizimida texnik-profilaktik tadbirlar amalga oshirilishi munosabati bilan vaqtinchalik ko‘rsatilmaydi.
Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Bundan avval O‘zbekistonda ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatish talab etilmasligi hamda O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirilishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)