Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Istanbulda 12-noyabr kuni Turkiy kengash kotibiyatining yangi binosi oldida bayroq ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va qardosh mamlakatlar rahbarlari ishtirok etgan. Tantanali ravishda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda Vengriya, Turkmaniston va tashkilotning bayroqlari ko‘tarilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xabarda aytilishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tadbir ishtirokchilariga murojaat qilib, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish muhim ekanligini ta’kidladi hamda ushbu kotibiyat tashkilot maqsad va vazifalarini amalga oshirishda bundan buyon ham muhim o‘rin tutishiga umid bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkiy kengash kotibiyati joylashgan bino XIX asr boshida barpo etilgan hamda Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etish uchun Istanbul shahriga keldi va shu kuni o‘ziga ajratilgan qarorgohda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag‘dod Amreyevni qabul qildi.

Sammitning asosiy tadbirlari 12-noyabrga mo‘ljallangan. Davlat rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda