Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sog‘liqni saqlash vazirligi 4-noyabrdan buyon O‘zbekistonda kuzatilayotgan chang bo‘ronining inson salomatligiga salbiy ta’siri va undan qanday himoyalanish zarurligi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Roziqovaning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyatda imkon qadar ochiq havoda yurmaslik zarur. Ayniqsa, bronxial astma, allergik rinit, allergik konyuktivit, tomoq qichishishi bilan kuzatiladigan yo‘tal, bronxit, bronxlar giperreaktivligi va boshqa nafas yo‘li surunkali kasalliklari bor insonlar tashqariga chiqmasligi kerak.

Uning ta’kidlashicha, bunday havo tarkibida changlar bilan birga, o‘simlik changchalari, zamburug‘ sporalari juda katta konsentratsiyada bo‘ladi. Shu bois xastaliklari bor kishilar shifokor maslahati bilan allergiyaga qarshi dori vositalari dozalarini oshirishlari lozim. Roziqova nim ta’sir qiluvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni chayish, xonalarni yopiq saqlash, xo‘l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig‘imli idishlarga suv solib qo‘yishni maslahat bergan.

Shuningdek, ochiq havoda yurganda, albatta, tibbiy niqob taqib yurish va ularni har ikki soatda almashtirish shart. Yosh bolalar, homilador ayollar va yoshi katta insonlar ham bunday vaziyatda ehtiyotkor bo‘lishlari tavsiya etiladi.

Agar fuqarolarda tashqi muhitdagi changlar tufayli nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, ko‘zlarda qichishish va qizarish, tomoqda kuchli qichishish, qichishish bilan kuzatiladigan yo‘tal belgilari yuzaga kelsa, tezda allergolog shifokorga murojaat qilishlari lozimligi aytilmoqda.

“3-noyabr kuni tez yordam xizmatiga bo‘lgan jami chaqiriqlar soni 3433 tani tashkil etgandi. Kecha esa bu ko‘rsatkich 4082 taga yetdi. Shundan 678 tasi bevosita nafas siqishi bilan bog‘liq murojaatlardir. Ushbu bemorlarga brigadamiz tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, ma’lum qismi gospitalizatsiya qilindi”, — deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Doniyor Bo‘riboyev.

Eslatib o‘tamiz 4-noyabr kuni tuproqning quruq ustki qatlamlarini shamol ko‘targani tufayli Toshkent shahri va boshqa viloyatlarda chang–qum aralash tuman yuzaga keldi. Poytaxt havosidagi chang miqdori me’yordan 5 barobar oshib ketdi. Shu bilan birga, havo harorati noldan pastga tushdi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevra...
Dunyo
Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi