Toshkent shahri Sergeli tumanida 30-sentabr kuni Ichki ishlar organi xodimi kanalda cho‘kayotgan mast fuqaroni qutqarib qoldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Sergeli tumani “Qorasuv” mahallasi hududida soat 21:30 atrofida fuqaro M.M mast holatda ehtiyotsizlik qilib, hududdan oqib o‘tuvchi kanalga tushib ketgan. Suvdan mustaqil chiqa olmagan erkak atrofdagilarni yordamga chaqirgan. Shu hududdan o‘tib ketayotgan Sergeli tumani profilaktika inspektori leynetant Alibek Mamarayimov chaqiriqni eshitgan va fuqaroga suvdan chiqishda yordamlashgan.
Qayd etilishicha, leytenant voqea joyiga tez yordamni chaqirgan va fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Izoh (0)