Sirdaryoda 4-noyabr kuni boshlangan chang bo‘roni kechga borib Toshkentga ham yetib keldi. Chang tufayli atrofni ko‘rish darajasi cheklandi. Avtomobillar harakati sekinlashdi. Quyida Toshkentda kuzatilayotgan chang bo‘roni suratlarini taqdim etamiz.
IIV YHXBB haydovchilarni kuzatilayotgan holat yuzasidan ogohlantirib, bir necha tavsiyalar berdi.
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan:
texnik nosozliklar, ayniqsa, rul boshqaruvi va tormoz tizimida nosozliklari bo‘lgan transport vositalaridan foydalanmaslikni;
isitish tizimi nosoz bo‘lgan, avtotransport oynalari terlab sun’iy pardani hosil qilib, ko‘rinishni cheklaydigan transport vositalaridan foydalanmaslikni;
haydovchilar oraliq masofani xavfsizlik darajasida ushlashni;
belgilangan tezlik talablariga aniq rioya qilishni;
transport vositasini spirtli ichimlikdan mast bo‘lgan holda boshqarmasliklarini so‘rab qoladi.
Bundan tashqari transport vositalarini daraxt yoki kuchli shamolga chidamsiz joylarda qoldirmaslik so‘ralgan.
Izoh (0)