• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, davlat tomonidan oqilona iqtisodiy diplomatiya yuritilayotgani natijasida eksport va investitsiya miqdori izchil oshib bormoqda. Xususan, so‘nggi besh yilda xorijiy investitsiyalar hajmi 3 barobar o‘sgan. Buning evaziga yuzlab zavod va korxonalar ishga tushirilib, mahsulot va xizmatlar ko‘paydi, odamlar ishli bo‘ldi, yangi inshootlar qurildi.

    Bunday ishlar har bir tarmoq va hududda davom etmoqda. Yil boshidan buyon 179 ta yirik va 10 mingta hududiy loyihalar ishga tushirilgan. Ularga 76 trillion so‘m investitsiya yo‘naltirilgan. 143 mingta ish o‘rni tashkil etilgan.

    Yig‘ilishda yangi loyihalarni o‘z vaqtida bajarish va avval ishga tushganlarini to‘liq quvvatga chiqarish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

    Oxirgi yillarda foydalanishga topshirilgan 442 ta loyiha past quvvatda ishlayotgani qayd etildi. Joyida o‘rganilganda, ularning 238 tasida xomashyo va bozor topish, 115 tasida kredit, 35 tasida infratuzilma bilan bog‘liq muammolar borligi aniqlangan.

    Viloyat hokimlariga ushbu korxonalar muammolarini hal etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yil yakuniga qadar 139 ta yirik va 3 mingta hududiy loyihalarni ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

    Davlat rahbari har bir so‘m investitsiya iqtisodiyotga natija bo‘lib qaytishi, xalq manfaatiga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi. Shu bois loyihalar bo‘yicha kreditlarning maqsadli ishlatilishi va kelgusida natija berishi qat’iy nazoratga olindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sanoat loyihalarida asosiy e’tibor zamonaviy, raqobatbardosh, bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Shu bois ular uchun ilg‘or xorijiy texnologiyalar xarid qilingan.

    Yig‘ilishda joriy yilda import qilingan 270 dan ortiq uskuna hali o‘rnatilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Bunga sabab bo‘layotgan jarayonlarni soddalashtirib, uskunalarni tezroq foydalanishga kiritish zarurligi ta’kidlandi.

    Shavkat Mirziyoyev Prezident saylovi oldidan xalq bilan uchrashuvlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini aytgan edi. Buning uchun har bir hududda “tuman loyiha guruhlari” va xolding kompaniyalari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu yangi tuzilmalar tadbirkorlarning biznes hamkoriga aylanadi. Ular tadbirkorlarning yonida turib, g‘oyadan boshlab, investorlarni jalb qilish va loyihalarni to‘liq quvvatda ishlashigacha har kuni yordam berishga mas’ul bo‘ladi.

    Yig‘ilishda ushbu yangi tizimni tez va samarali tashkil etishga doir vazifalar belgilandi.

    Prezident xorijiy investitsiya va eksport hajmini oshirishda mamlakatimizning chet davlatlardagi elchilari faoliyati muhimligini ta’kidladi. Hudud va tarmoq rahbarlariga istiqbolli loyihalar topib, elchilar bilan birgalikda ularni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Muhokama qilingan masalalar yuzasidan Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va hokimlar axborot berdi.

    Mavzuga doir:

    • “Shuncha yil ‘qog‘ozda’ ekilgan daraxtlarni hisoblasa, O‘zbekistonda bo‘sh joy qolmasligi kerak edi” — Shavkat Mirziyoyev
    • Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” mavzelari qurilishini ma’lum qildi

    04.11.2021, 21:38   Izoh (0)   17332
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy mahsulotlarning minimal va maksimal narxlari e’lon qilindi

    04.11.2021, 21:08

    Toshkentni qoplagan chang bo‘roni — suratlarda

    04.11.2021, 20:37

    Toshkentda oktabr oyida qaysi avtobus yo‘nalishlari eng ko‘p yo‘lovchi tashigani ma’lum qilindi

    04.11.2021, 20:21

    “Ularning umumiy ahvoli yaxshi”. Ekoqo‘mita Parkentdagi xonadonda sherlar achinarli ahvolda boqilayotgani yuzasidan ma’lumot berdi

    04.11.2021, 19:36

    Toshkentdan Buxoroga yo‘l olgan “Afrosiyob” poyezdi texnik sabab tufayli yo‘lda to‘xtab qoldi

    04.11.2021, 19:05

    O‘zbekistonda IIV tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyatini tugatish taklif qilindi

    04.11.2021, 18:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.