So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Efiopiyada olti oylik muddatga favqulodda holat e’lon qilindi

    03.11.2021, 17:23 20553

    Efiopiya hukumati mamlakatda olti oy muddatga favqulodda holat rejimini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat hukumatining jamoatchilik bilan aloqalar xizmati boshlig‘i Legess Tulu hamda adliya vaziri va bosh prokuror Gideon Timotios ma’lum qildi, deb xabar beradi Tengrinews.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Reuters’ning yozishicha, e’lon mamlakat bosh vaziri Abiy Ahmed fuqarolarni “Tigray ozodligi xalq fronti”dan himoyalash uchun qo‘liga qurol olishga chaqirganidan ikki kun o‘tib bildirilgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu chora poytaxt Addis-Abeba shimolidagi Tigray mintaqasi bilan chegara yaqinida joylashgan Amxara viloyatidagi Dessiye va Kombolcha shaharlari atrofidagi vaziyat bilan bog‘liq.

    “Mamlakatimiz o‘z mavjudligi, suvereniteti va birdamligi borasida jiddiy xavf qarshisida turibdi. Va biz bu xavfni oddiy huquqni muhofaza qilish tizimlari va tartiblari orqali bartaraf eta olmaymiz”, — deydi adliya vaziri Gideon Timotios.

    Uning aytishicha, favqulodda holatda har qanday qonunbuzarga, xususan, “terrorchilik guruhlari”ni moliyalashtirish, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatganlar 3 yildan 10 yilgacha qamaladi.

    Addis-Abeba shahri administratsiyasining ma’lum qilishicha, odamlar o‘z qurollari ro‘yxatdan o‘tkazishi va o‘z tumanlarida to‘planishi lozim. Uylarda tintuvlar o‘tkazilmoqda va tartibbuzarlar hibsga olinyapti.

    “Aholi o‘z tumanlarida to‘planishi va o‘z hududini qo‘riqlashi mumkin. Quroli bor, lekin qo‘riqlash ishlarida ishtirok eta olmaydiganlarga qurollarini hukumatga yoki yaqin qarindoshlari yoki do‘stlariga topshirish tavsiya etiladi”, — deyiladi hukumat xabarida.

    Ta’kidlanishicha, Efiopiyada so‘nggi bor bu kabi choralar 2018-yilning fevralida, hokimiyatga Abiy kelishidan oldin joriy etilgan. Komendantlik soati va odamlarning harakati cheklangan, minglab fuqarolar hibsga olingan.

    Efiopiya hukumati va Tigray mintaqasidagi hukmron “Tigray ozodligi xalq fronti” partiyasi (TPLF) o‘rtasidagi qurolli mojaro 2020-yilning 4-noyabrda yuzaga kelgan. Bunga Efiopiya hukumatining TPLF mamlakat qurolli kuchlarining harbiy bazasiga hujum uyushtirganlik haqidagi ayblovi sabab bo‘lgandi.

    Mavzuga doir:

    • BMT Efiopiya aholisi ochlik yoqasida ekanini ma’lum qildi
    • Efiopiyada to‘qnashuvlar oqibatida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi. BMT mamlakatdagi gumanitar falokat haqida e’lon qildi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Bugun, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Bugun, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Bugun, 22:41

    O‘zbekistondagi 4 ta viloyatda yoshlarning ekologiya va fermerlik borasidagi bilimlarini oshiruvchi maxsus o‘quv markaz tashkil etiladi

    Bugun, 22:25

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    Bugun, 22:10

    Shoygu Ukrainadagi urush 2025-yilgacha davom etishini aytdi

    Bugun, 22:10

    Qirg‘izistonda ham non narxi oshdi

    Bugun, 22:00

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    Bugun, 21:43

    Dunyoda vaboga chalinish holatlari ko‘paymoqda: Kasallikdan qanday himoyalanish mumkin?

    Bugun, 20:43

    Afg‘onistonlik ayol o‘simlikdan insultga qarshi dori tayyorladi

    Bugun, 20:25

    Tavsiya etamiz

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    21:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?