• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Nyu-Yorkda minglab o‘t o‘chiruvchilar emlanmagani sababli ishdan chetlatildi

    AQShning Nyu-York shahrida 10 000 dan ortiq politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va boshqa xodimlar shahar meri Bill de Blazioning barcha shahar ishchilarini COVID-19 ga qarshi emlash bo‘yicha topshirig‘iga rioya qilmagani uchun 1-noyabr kuni haq to‘lanmaydigan ta’tilga jo‘natildi. Bu haqda New York Post xabar berdi.

    Foto: Zuma

    Foto: Zuma

    Nashrning yozishicha, Nyu-Yorkdagi 2,3 mingga yaqin o‘t o‘chiruvchi emlanishni istamayotgani uchun kasallik ta’tiliga chiqqan. Xodimlar yetishmovchiligi tufayli shahardagi 18 ta o‘t o‘chirish stansiyasi yopildi.

    O‘t o‘chiruvchilar ularning aksariyati allaqachon COVID-19 bilan kasallanganini va tabiiy immunitetga ega ekanini, bu shahar hokimiyatining majburiy emlash to‘g‘risidagi buyrug‘ida hisobga olinmaganini ta’kidlab, ko‘plab noroziliklar o‘tkazgandan so‘ng o‘z ishlarini tark etdi.

    Nyu-York meriyasi ma’lumotlarida qayd etilishicha, 1-noyabr holatiga 22,8 ming munitsipal xodim koronavirusga qarshi emlanmagan.

    “Vaziyat beqarorligicha qolmoqda. Biz bo‘linmalarni xizmatga qaytarish yoki boshqa bo‘linmalarni navbatchilik uchun bu hududga ko‘chirish maqsadida xodimlarni yollayapmiz”, — deydi o‘t o‘chirish departamenti vakili Jimi Long.

    20-oktabr kuni Nyu-York meri Bill de Blazio o‘t o‘chirish va politsiya xodimlari uchun majburiy vaksinatsiya e’lon qilgandi. Shahar rahbarining so‘zlariga ko‘ra, vaksinadan bosh tortganlar maoshsiz ta’tilga jo‘natiladi. Bu 1-noyabrgacha vaksinaning kamida bitta dozasini olmaganlarga tegishli.

    De Blazio Twitter’da yozishicha, hali emlanmagan ishchilarning yarmidan ko‘pi imtiyozlar to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan va bu so‘rovlar ko‘rib chiqilmoqda.

    O‘z navbatida, o‘t o‘chiruvchilar kasaba uyushmasi vakillari merdan vaksina olish yoki olmaslik masalasini hal qilish uchun ko‘proq vaqt berishni so‘radi.

    “Agar kimdir favqulodda vaziyatlarning sekin javob qaytarishi tufayli vafot etsa, bu Bill de Blazioning vijdoni va uning haddan tashqari choralari zimmasida bo‘ladi. Umid qilamanki, bu ahmoq vaziyatni imkon qadar tezroq tuzatadi”, — deb yozdi Bruklindan kongress a’zosi Nikol Malliotakis o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

    U merni emlanishni istamaganlar uchun ularning antitanalarini haftalik testdan o‘tkazgandan so‘ng xizmatda qolish imkoniyatini qaytarishga chaqirdi.

    Avvalroq, 20-oktabr kuni AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) rahbari Roshel Valenski ilgari Yevropaning bir qancha davlatlarida aniqlangan AY4.2 — koronavirus delta shtammining yangi varianti AQShda qayd etilayotganini ma’lum qilgandi. Biroq hozirda AQShda uning yoyilishi yoki u bilan kasallanish holatlarining ko‘payishi haqida ma’lumot yo‘q.

    Koronavirusning birinchi bo‘lib Buyuk Britaniyada aniqlangan yangi AY.4.2 shtammi haqidagi ma’lumotlar 19-oktabr kuni Financial Times sahifalarida paydo bo‘ldi. Ushbu mutatsiya “hindcha” shtammga nisbatan 10-15 foizga yuqumliroq bo‘lishi mumkin, deya ogohlantirdi Kembrijdagi Senger instituti hamda London universitet kollejining Genetika instituti mutaxassislari.

    Isroilda ham koronavirusning ushbu yangi variantiga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi.

    Mavzuga doir:

    • Iordaniyada COVID-19 ga qarshi emlanmagan chet ellik ishchilar mamlakatdan deportatsiya qilinadi
    • Rossiyada koronavirusga qarshi emlanmagan mansabdorlar hukumat binosiga kiritilmayapti, Italiyada vaksina olmagan shifokorlar ishdan chetlatilmoqda

    02.11.2021, 16:07   Izoh (0)   18393
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyo yetakchilari 2030-yilgacha o‘rmonlarni kesishni to‘xtatishga kelishib oldi

    02.11.2021, 15:37

    Qozog‘iston hukumati Facebook’dan ijtimoiy tarmoqning ichki kontent tizimiga kirish uchun ruxsat olganini e’lon qildi. Biroq Facebook buni inkor etmoqda

    02.11.2021, 15:05

    Ashxobod Afg‘oniston hukumat delegatsiyasini Turkmanistonga tashrif buyurishga taklif qildi

    02.11.2021, 14:52

    Afg‘oniston armiyasining sobiq askarlari IShID safiga qo‘shilayotgani ma’lum qilindi

    02.11.2021, 14:07

    Zelenskiy Qrim va Donbassni “Yevropa markazidagi ekobombalar” deb atadi

    02.11.2021, 13:40

    Oksford lug‘ati “vax” so‘zini 2021-yil so‘zi deb topdi

    02.11.2021, 12:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.