Aktyor Jeyson Momoa “Akvamen: yo‘qotilgan qirollik” filmini suratga olish maydonchasida koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda The Sun nashri xabar bergan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ma’lum qilinishicha, kasallikni aniqlashga topshirgan testi ijobiy chiqqanidan keyin 42 yashar aktyor o‘zini o‘zi yakkalashga qaror qilgan. “Suratga olish ishlarini to‘xtatishga to‘g‘ri kelgani sabab ham bu prodyuserlar uchun haqiqiy bosh og‘rig‘i. Eng muhimi — bu xodimlarning xavfsizligi, albatta, barcha doimiy ravishda test topshirmoqda. Boshqalarda virus chiqmasligiga va suratga olish ishlarini davom ettirish mumkinligiga umid qilamiz”, – degan suratga olish jamoasi vakillaridan biri.
Eslatib o‘tamiz, birinchi “Akvamen” 2018-yil dekabrda ekran yuzini ko‘rgan va prokatda milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan. “Akvamen: yo‘qotilgan qirollik” lentasining premyerasi 2022-yil 16-dekabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Jeyson Momoa Ellen Dejeneresning tok-shousi vaqtida yangi “Akvamen: yo‘qotilgan qirollik” filmini suratga olish jarayonida olgan jarohatlari haqida so‘zlab bergandi.
Mavzuga doir:
- Ed Shiran, Xolzi, Benni Blanko va Xalid plagiatda ayblanmoqda. Musiqachilar ustidan sudga shikoyat qilingan
- Robert Pattinsonda koronavirus aniqlandi. “Betmen” filmining suratga olish jarayoni yana to‘xtatildi
- Dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyori Dueyn Jonson va uning oila a’zolari koronavirusni boshdan kechirdi
- Ispaniyalik taniqli aktyor Antonio Banderas koronavirusga chalindi
- Rossiyalik xonanda Anita Soyda koronavirus aniqlandi
- Koronavirus yuqtirib olgan mashhurlar (foto)
Izoh (0)