Daryo

Farzandlari nevaralaridan kichik bo‘lgan mashhurlar (foto)

Allaqachon bobo va buvi bo‘lganida farzand ko‘rgan mashhurlar bilan tanishing

2 daqiqa o‘qish132 906 ko‘rishlar0 izoh0

Allaqachon bobo va buvi bo‘lganida farzand ko‘rgan mashhurlar bilan tanishing.

Mik Jagger

Foto: Legion Media

The Rolling Stones guruhi yetakchisi Mik Jagger 8 nafar farzandning otasi, sakkizinchi farzandi dunyoga kelgan 2016-yilda u nafaqat 73 yoshda, balki allaqachon evarali bo‘lib ulgurgandi. 2014-yilda ikkinchi farzandi Jeydning qizi bo‘lgan nevarasi unga evara hadya etgan.

Alla Pugachyova

Foto: Instagram

Tibbiyot rivojlanishi tufayli ayollar kech homiladorlikning qiyinchiliklari va xavf-xatarlarini boshdan kechirmasdan farzandli bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Maksim Galkin va Alla Pugachyovaning farzandlari — qizi Liza va o‘g‘li Garri primadonna 64 yoshda ekanligida surrogat ona yordamida dunyoga kelgan. Pugachyovaning uch nafar nabirasi — Nikita, Denis va Klavdiya (Kristina Orbakaytening farzandlari)ni yosh jihatdan ulardan katta deyish mumkin. Aniqrog‘i, eng kichik nevarasi Klaudiya atigi bir yil oldin tug‘ilgan.

Robert De Niro

Foto: Legion Media

Hozirda aktyorning to‘rt nafar nabirasi bor — uchtasi birinchi o‘g‘li Rafaeldan va bittasi qizi Drenadan. De Nironing so‘nggi farzandi — qizi Helen 2011-yilda surrogat ona yordamida tug‘ilgan, aktyor o‘sha paytda 68 yoshda bo‘lib, allaqachon ikki nevaraning bobosi bo‘lgan edi.

Lera Kudryavseva

Foto: Instagram

Teleboshlovchining qizi — Masha uning nevarasidan uch oylikka kichik, xolos. Masha 2018-yil 9-avgustda tug‘ilgan bo‘lsa, Leraning nabirasi Leo o‘sha yilning 20-mayida dunyoga kelgan. Ahamiyatli jihati shundaki, Lera qizini 47 yoshida o‘zi dunyoga keltirgan. Hozirgi kunda bu deyarli qahramonlik bilan teng.

Charli Chaplin

Foto: Legion Media

Aktyor kenja o‘g‘li dunyoga kelganda 73 yoshda bo‘lgan. Chaplin 11 nafar farzandning otasi bo‘lib, eng kichik o‘g‘li  Kristofer Jeyms 1962-yilda tug‘ilgan. O‘sha paytda Chaplin allaqachon nevarali edi. Aktyor kenja o‘g‘lini ham oyoqqa qo‘yishga ulgurgan. Chaplin 88 yoshida Kristoferning 15 yoshini ko‘rib, olamdan o‘tgan.

Foto: Legion Media

Hulio Iglesias

Foto: Legion Media
Hulio Iglesias sakkiz farzandning otasi bo‘lib, so‘nggi farzandi tug‘ilganda qo‘shiqchi 64 yoshda edi. Hulio 57 yoshidayoq nevarali bo‘lgan: katta qizi Mariya uning birinchi nabirasini dunyoga keltirgan. Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar