Belgrad shahri mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 1-noyabr kungi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
-75 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Saidjamshid Ja’farov ozarbayjonlik Mirsharif Kazimzadega qarshi ringga ko‘tarildi. Ja’farov uchala raundda ham raqibiga imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ja’farov endilikda chorak final doirasida 2-noyabr kuni tailandlik Verapon Jongjohoga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ja’farov avvalgi janglarda slovakiyalik Lukas Fernetsa va yaponiyalik Yuito Marivaki ustidan g‘alaba qozonib, 1/8 finalga chiqqan edi.
1-noyabr kuni yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazadi.
- -63,5 kg: Mujibillo Tursunov — Chu Yen Lai (Xitoy Taypeyi) – 23:10 dan keyin;
- -80 kg: Odiljon Aslonov — Robbi Gonsales (AQSh) – 00:30 dan so‘ng.
Izoh (0)