Boks bo‘yicha 2021-yilgi Jahon chempionatining 1-noyabr kungi bahslari bo‘lib o‘tdi.
-67 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yaponiyalik Sevonres Okazavaga qarshi to‘qnash keldi. Yaponiyalik bokschi uchala raundda ham Asadxo‘jaga imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 1/8 finalda o‘z ishtirokini yakunladi.
Mo‘ydinxo‘jayev avvalgi bosqichlarda irlandiyalik Brendon Makkiver va falastinlik Ahmed Xarara ustidan g‘alaba qozongandi.
1-noyabr kuni yana uch nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazadi.
- -75 kg: Saidjamshid Ja’farov — Mirsharif Kazimzade (Ozarbayjon) – 19:20 dan so‘ng;
- -63,5 kg: Mujibillo Tursunov — Chu Yen Lai (Xitoy Taypeyi) – 23:10 dan keyin;
- -80 kg: Odiljon Aslonov — Robbi Gonsales (AQSh) – 00:30 dan so‘ng.
Izoh (0)