• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fotoreportaj: Yaponiya malikasi oddiy fuqaroga turmushga chiqdi. Omma noroziligiga sabab bo‘lgan to‘y qanday o‘tdi?

    Yaponiya valiahd shahzodasi Akisinoning qizi, hukmron imperator Naruxitoning jiyani malika Mako oddiy fuqaro — 30 yoshli Key Komuroga turmushga chiqdi. U erining familiyasini oldi va malika maqomidan ayrildi. To‘y kuni 100 ga yaqin odam “imperator oilasini himoya qilish” talabi bilan namoyishga chiqdi. Nikoh marosimi qanday o‘tgani haqida “RBK” fotoreportaj tayyorladi.

    Sobiq malika Mako (havorang libosda), uning singlisi malika Kako, ota-onasi — valiahd shahzoda (chapda) va malika Akisinolar

    Sobiq malika Mako (havorang libosda), uning singlisi malika Kako, ota-onasi — valiahd shahzoda (chapda) va malika Akisinolar
    Foto: Reuters

    Unvonidan ayrilgan Mako bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan 2012-yilda tanishgan. Ular Tokio xalqaro xristian universitetida birga o‘qigan, oliygohda sobiq malika san’at va madaniy meros bo‘yicha ta’lim olgan.

    Sobiq malika Mako

    Sobiq malika Mako
    Foto: Reuters

    Juftlikning unashtiruvi 2017-yil sentabr oyida e’lon qilingan, to‘y 2018-yilning noyabriga rejalashtirilgan edi. Biroq Komuroning onasi bilan yuzaga kelgan moliyaviy mojaro tufayli to‘y qoldirildi. Qayd etilishicha, ayol o‘zining sobiq qallig‘i unga bergan 4 million iyen (taxminan 35 ming dollar) qarzini qaytarmagan. Komurolar oilasi bu pul qarz emas, sovg‘a ekanini ta’kidladi. The Mainichi gazetasining yozishicha, erkak pullarni Keyning universitetga kirgani munosabati bilan uning onasiga hadya qilgan. 2012-yilda ular ajralganidan so‘ng, erkak pulni qaytib olishdan bosh tortgan, lekin ko‘p o‘tmay ularni qaytarishni talab qilgan.

    Key Komuro (markazda)

    Key Komuro (markazda)
    Foto: Getty Images

    Shundan so‘ng imperator xonadoni rahbariyati to‘yning keyinga surilishini marosimga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘proq vaqt talab qilingani bilan izohladi. Kyodo xabariga ko‘ra, malika Makoning ota-onasi bo‘lajak kuyovidan moliyaviy qiyinchiliklarni hal etishni talab qilgan. Agentlik manbasiga ko‘ra, OAVda qarz muammosi deb atalgan vaziyatdan malikaning oilasi bexabar bo‘lgan. Makoning ota-onasi, shuningdek, Komuro nimalar bo‘layotganini omma oldida tushuntirishini talab qildi.

    Foto: Getty Images

    Komuro 2019-yilda jamoatchilikka tushuntirish berib, 52 yoshli onasi va uning sobiq qallig‘i barcha moliyaviy muammolarini hal qilganini aytdi. Biroq The Mainichi gazetasi yozishicha, shundan keyin tomonlar advokatlar orqali muhokamani davom ettirgan. 2021-yilda Komuro onasining qarzini to‘lashga qaror qildi. Shu bilan birga, OAV u pul mablag‘larini qarz hisobiga emas, balki kompensatsiya sifatida o‘tkazayotganini da’vo qildi. Bundan ko‘p o‘tmay, Komuro uch yil ichida birinchi marta Yaponiyaga qaytib keldi. U Nyu-Yorkdagi Fordem universitetida huquqshunoslik bo‘yicha ta’lim olayotgandi.

    Foto: Getty Images

    To‘ydan biroz oldin imperator xonadoni boshqarmasi mojarolar paytida jamiyatning haqoratomuz izohlari tufayli malika Makoga travmatik stress buzilishi tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi. The Mainichi’ning aniqlik kiritishicha, malikaning ahvoli 2018—2019-yillarda yomonlashgan, biroq ushbu vaqt davomida ruhiy buzilish Makoning o‘z vazifalarini bajarishiga xalal bermagani uchun bu haqda jamoatchilikka xabar berilmagan.

    Foto: AP Photo

    Shu bilan birga, tashxis ommaga e’lon qilinganidan so‘ng ham OAV tanqidlari unchalik kamaymadi, deb ta’kidlaydi The Mainichi. Hatto Makoning to‘yi kuni internetda buni firibgarlik deb atab, nikohni bekor qilishni talab qiluvchi izohlar paydo bo‘lishda davom etdi.

    Foto: EPA

    Yaponlar to‘yga nafaqat internetda, balki ko‘chada ham qarshi chiqdi. Tokiodagi namoyishda 100 ga yaqin odam qatnashdi. Ular, xususan, moliyaviy mojaro tufayli Komurolar oilasini tanqid qiluvchi yozuvlar tushirilgan plakatlarni ko‘tarib olgandi, shuningdek, “imperator oilasini himoyalashni” talab qildi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Foto: Getty Images

    Oddiy fuqaroga turmushga chiqib, Mako malikalik unvonini yo‘qotdi. Shuningdek, u turmushga chiqish vaqtida yapon malikalariga taqdim etiladigan 1,3 million dollarga yaqin bir martalik to‘lovni olishdan bosh tortdi. Imperator oilasi a’zolarida pasport yo‘q, shu sababli nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun birinchi navbatda undan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni olish talab etilardi. Ular an’anaviy to‘y marosimini o‘tkazmaslikka qaror qildi, juftlik shunchaki nikoh to‘g‘risidagi hujjatlarga imzo chekdi va jurnalistlarning bir nechta savollariga javob berdi. To‘ydan keyin Mako va Key Komuro Nyu-Yorkka ketishga qaror qildi.

    Mavzuga doir:

    • Yaponiya malikasi sevgan yigitiga turmushga chiqish uchun unvoni va million dollarlik boyligidan voz kechdi
    • Fotogalereya: Yapon malikasi Ayako turmushga chiqdi

    28.10.2021, 09:11   Izoh (0)   25260
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyoning eng nufuzli universitetini tashlab ketib, kompyuter olami dahosi va dunyoning eng boy odamlaridan biriga aylangan Bill Geyts

    28.10.2021, 08:51

    Berdimuhamedov Ashxoboddagi Maxtumquli yodgorligi qurilishiga tashrif buyurdi. Uning ochilishi 2022-yilga rejalashtirilmoqda

    28.10.2021, 08:08

    Sitsiliya bo‘rondan keyingi kuchli yomg‘ir tufayli suv ostida qoldi (foto va video)

    28.10.2021, 07:07

    OAV: Eron Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya bilan yadroviy bitimga qaytish yuzasidan muzokaralar o‘tkazishga tayyor

    27.10.2021, 22:58

    “U yerni hayoti uchun xavfli deb hisoblaydi”: Saakashvili qamoqxona kasalxonasiga o‘tishdan bosh tortdi

    27.10.2021, 21:43

    Xitoy AQSh va boshqa g‘arb davlatlarini Afg‘onistonga qarshi sanksiyalarini bekor qilishga chaqirdi

    27.10.2021, 19:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.