Prezident Shavkat Mirziyoyev “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvargacha, jumladan, 82 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji “nol” stavkada qo‘llaniladi:
- sun’iy mo‘yna;
- zig‘irpoya tolasidan to‘qilgan gazlamalar;
- sun’iy tolalardan tayyorlangan gazlamalar;
- shisha iplar;
- shisha tolali matolar va boshqalar.
Avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasidagi ayrim tovarlar 3 yilga, shuningdek, 676 turdagi texnologik uskunalar import boji va QQSdan ozod qilingani, banan, ananas, kivi, avokado, finiki va shu kabi boshqa tovarlar bojxona bojidan ozod qilinishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)