• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qonun qabul qilinishini bir necha yillardan beri kutayotgandik”. Nogironlar, Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyatlari Senatga murojaat qildi

    O‘zbekiston Nogironlar jamiyati raisi, Karlar jamiyati raisi va Ko‘zi ojizlar jamiyati raisi senatorlar tomonidan “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunning qaytarilishi yuzasidan murojaat bilan chiqdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Senatning yigirmanchi yalpi majlisida senatorlar “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunning ba’zi normalarini qayta ko‘rib chiqish kerak deb hisoblab, uni qaytargan edi. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov senatorlarning qonunni qabul qilishga qarshi bildirgan har bir argumentini rad etib, ayrim siyosatchilar “xalqdan kelib chiqayotgan yangi g‘oyalarni tushunmasligini” ta’kidlagandi. Oqibatda Senat raisi uzoq davom etgan debatga aralashishga va tomonlarni tinchlantirishga majbur bo‘lgandi.

    Imkoniyati cheklangan shaxslar nomidan O‘zbekiston Nogironlar jamiyati raisi K.Abdullayev, Karlar jamiyati raisi G.Shodiyeva va Ko‘zi ojizlar jamiyati raisi o‘rinbosari A.Abdullayev Oliy Majlis Senatiga murojaat bilan chiqqan.

    Unda ta’kidlanishicha, senatorlar qonunni rad etgani nafaqat “bizning jamiyat, balki biz kabi boshqalar bilan erkin raqobatlasha olmaydigan imkoniyati tabiatan cheklangan shaxslar uchun juda kutilmagan holat bo‘ldi”.

    “Qonun ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilganligi uchun biz qonun qabul qilinishini bir necha yillardan beri kutayotgandik. Chunki mazkur qonun imkoniyati cheklangan shaxslarga katta maydonda o‘zimizni ko‘rsatishga, o‘zimizning imkoniyatimizni to‘la namoyon etishga, munosib ish haqi olishga, shu jumladan, ijtimoiy adolat nuqtayi nazaridan korxonalarning iqtisodiy ahvolini yanada yaxshilashga, ishini faollashtirishga, ishlab chiqarish hajmlarini va ishchilarimiz sonini oshirishga yordam beradi, deb o‘ylagandik”, — deyiladi murojaatda.

    Murojaatda, shuningdek, yig‘ilishda bildirilgan ayrim fikrlar bo‘yicha “boshdan o‘tkazgan tabib” degan ibora bilan haqiqiy holat aslida qandayligi misollar bilan izohlangan.

    Ma’lum qilinishicha, Karlar jamiyatining korxonalari daromadlari yildan yilga kamayib bormoqda. Misol uchun, 2018-yilda — 277 million so‘m foyda olingan bo‘lsa, 2020-yilda atigi 62 million so‘m foyda ko‘rilgan, bu deyarli 5 baravarga kam.

    “Daromad kamayganligi oylik ish haqlarining tushib ketishiga olib keldi. Bu esa xodimlarning ishdan ketishiga sabab bo‘ldi. Mana, 2000-yilda korxonalarimizda 2000 ga yaqin kar-soqov xodimlar ishlagan. 2020-yilga kelib ularning soni 176 taga tushib ketdi”, — deyiladi xatda.

    Shuningdek, Ko‘zi ojizlar jamiyati tizimidagi korxonalar xodimlari 2000-yilda 4900 nafarga yaqin bo‘lgani, 2010-yilda 3 mingga tushgani, 2020-yilga kelib esa 1479 nafar xodim ishlayotgani aytilgan.

    “Bir narsaga alohida e’tibor qaratish lozim deb o‘ylaymiz. Biz umumiy ishlab chiqarishdagi texnologiyalarga moslasha olmaymiz, aksincha, biz o‘zimizga moslashtirilgan texnologiyalar asosida ishlay olamiz. Shuning uchun bizning xodimlar korxonalarimizdan ketganidan keyin boshqa joylarda ishlashga qodir emas”, — deyiladi murojaatda.

    “Mazkur qonun bizga ishlab chiqarishimizni kengaytirishga, biz kabi imkoniyati cheklanganlar uchun moslashtirilgan texnologiyalarni olib kelishga, ishchi o‘rinlarini ko‘paytirishga, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va munosib maosh to‘lash uchun imkon beradi, deb umid qilgandik”, — deya qo‘shimcha qilingan xatda.

    Jamiyatlar qayd etishicha, “agar senatorlar tomonidan bildirilgan fikrlar yetarlicha asoslangan va haqiqatdagi holatga yaqin bo‘lganida edi, imkoniyati cheklangan shaxslar ishlayotgan korxonalar gullab ketgan bo‘lishi kerak edi”.

    Davlat tomonidan turli imtiyozlar erkin raqobatlashish imkoni bo‘lgan yoshlarga, ayollarga berilayotgan bir davrda ijtimoiy tadbirkorlik instituti orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarga ham imtiyoz berilishi boshqa tadbirkorlarga nisbatan ustunlik emas, balki ular bilan tenglashgan holda bitta maydonda raqobatlashishga imkon beradi, deyiladi murojaatda.

    Unda masalaning iqtisodiy ahamiyatiga ham to‘xtab o‘tilgan. “Qonunning qabul qilinishi ishlab chiqarishning kengayishiga yordam beradi, bu esa aylanma va foydalar oshishiga olib keladi, natijada davlat budjetiga soliqlar tushumi yanada ko‘payishiga, davlat tomonidan bizga taqdim etiladigan subsidiyalar hajmining kamayishiga va korxonalarimiz o‘z-o‘zini moliyalashtirish tizimiga to‘liq o‘tishiga xizmat qiladi”, — deya qayd etilgan.

    “Mazkur qonun biz duch kelayotgan muammolarni hal etishda, iqtisodiyotdagi ishtirokimizni oshirishga yordam beradi”, —deya jamiyatlar Senatdan qonunni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan holda uni qabul qilishni so‘ragan.

    Mavzuga doir: 

    • “Hech kim nogironlikdan sug‘urtalanmagan”. Olim Abdulla Abduxalilov bilan ko‘zi ojizlar muammolari haqida suhbat
    • “Jamiyat bizni o‘ziga o‘gay sanaydi”. Shifokor aybi sabab eshitish qobiliyatini yo‘qotgan Toshkentdagi dizayner bilan suhbat

    22.10.2021, 14:56   Izoh (0)   23792
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekistonda 2021-yil oxiriga qadar koronavirusga qarshi vaksina oluvchilarning 80 foizi emlanadi” — Behzod Musayev

    22.10.2021, 14:26

    Qamchiq dovonida Isuzu va Kia yuk mashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchilardan biri halok bo‘ldi

    22.10.2021, 14:11

    O‘zbekistonda sun’iy mo‘yna, gazlama va boshqa qator mahsulotlar import bojidan ozod etildi

    22.10.2021, 13:42

    “Xo‘ja Porso” masjidi buzib tashlangani bo‘yicha ish tergov uchun Bosh prokuraturaga yuborildi

    22.10.2021, 13:27

    O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 23-oktabr kuni tuman tushishi mumkin

    22.10.2021, 13:12

    “Saylovchi saylov byulletenini suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashi qat’iyan taqiqlanadi” — MSK

    22.10.2021, 12:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada politsiyachilar nohaq ayblangan odamning qabriga borib, uzr so‘radi

    Dunyo | 26 avgust, 16:50

    Noqonuniy sigaretalar ichida nima bor? Tahlil natijalari hayratlanarli

    Toshkent sh. | 26 avgust, 16:30

    Migratsiya agentligining ikki xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 16:37

    Dubay shayxidan qochib ketgan malika Hayya bintu al-Husayn hozirda qanday hayot kechirmoqda?

    Layfstayl | 26 avgust, 16:35

    Ilon Mask Apple va OpenAI kompaniyalarini sudga berdi

    Dunyo | 26 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 16:11

    Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaning “An-Nahda” ordeni bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 16:02

    Toshkentdagi klinikada 9 yoshli bola burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 15:53

    Dunyoda har 4 kishidan biri toza ichimlik suvi yetishmovchiligidan aziyat chekadi — BMT hisoboti

    Dunyo | 26 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.