• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Jigar saratoniga xos e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan belgilar

    Jigar saratoni birlamchi va metastatik hisoblanadi. Birinchi holda jigar shishi odatda sirroz kasalligi fonida paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, kasallik boshqa organlarning saraton metastazlari kirib borishi bilan yuzaga keladi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Dastlabki bosqichlarda kasallik belgilari sezilmaydi. Faqat rivojlangan shaklda quyidagi alomatlarning ba’zilari paydo bo‘ladi.

    Sariqlik

    Odamlarda jigar o‘smalari tufayli bilirubin pigmentining metabolizmi buziladi, uning bir qismi qonga o‘tadi. Shuning uchun ko‘z va terining oqlari sarg‘ayadi. Bundan tashqari, bilirubin epidermisdagi nerv uchlarini bezovta qilib, qattiq qichishishga olib keladi.

    Ovqat hazm qilish muammolari

    Jigar saratoni bilan kasallangan odam ba’zida ko‘ngil aynishi, qayt qilish yoki ovqat hazm qilish muammosini boshdan kechiradi. Ovqatlanish paytida to‘yinganlik hissi odatdagidan ancha oldin paydo bo‘ladi. Bu hislar jigar shishishi va oshqozonga bosim bilan bog‘liq.

    Vazn kamayishi

    Ko‘p odamlar hech qanday sababsiz vazn yo‘qotadi. Buning sababi shundaki, jigar glyukoza, yog‘lar va oqsil sintezida ishtirok etadi va agar organ funksiyasi buzilgan bo‘lsa, bu moddalar to‘g‘ri so‘rilmaydi. Shuningdek, erta to‘yinganlik hissi tufayli odam kerak bo‘lgandan kamroq ovqat yeyishi mumkin, bu ham vazn kamayishiga olib keladi.

    Doimiy charchoq

    Bu metabolizmning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Odam tez charchaganini yoki grippga chalinganini his qilishi mumkin.

    Teri yuzasida ko‘karishlar

    Odatda jigar qon ivishida ishtirok etadigan oqsil va K vitaminini sintez qiladi. Saraton kasalligida funksiya buziladi, bu esa organizmda qon ketishini osonlashtiradi. Ko‘karishlar aniq sababsiz yoki birozgina tashqi ta’sir natijasida paydo bo‘lishi mumkin.

    Jigarning kattalashishi va qovurg‘alar ostidagi og‘riq

    O‘sayotgan o‘sma jigarni cho‘zadi, u kattalashadi va uning bir qismi qovurg‘alar ostidan siqib chiqadi. Natijada o‘ng tomonda to‘liqlik yoki og‘riq hissi paydo bo‘ladi.

    O‘ng kurak osti  yoki belda og‘riq

    O‘sma tufayli shishgan jigar yaqin atrofdagi nervlarga ta’sir o‘tkazadi, shuning uchun kurak osti yoki belning orqa qismida og‘riq paydo bo‘lishi mumkin.

    Qorin bo‘shlig‘ining kattalashishi

    Bu assit yoki suyuqlik to‘planishi bilan bog‘liq bo‘lib, qorinning kattalashuvi yuzaga keladi. Uning ikkita sababi bor:

    • Jigarning odatda qonda suvni ushlab turadigan oqsil albumin sintezi kamayadi.
    • Jigardan vena orqali qon chiqishi qiyinlashadi, shuning uchun suyuqlikning bir qismi tomirlardan chiqib ketadi.
    Qorin terisidagi tomirlar

    Shifokorlar bu alomatni “meduza boshi” deb ataydi. Bu jigar o‘smasi qonning harakatiga to‘sqinlik qilishi sababli paydo bo‘ladi, shuning uchun u qorin terisi ostida joylashgan tomirlar orqali oqadi. Bu ularning kengayishiga va yaqqol ko‘rinishiga olib keladi.

    Gormonal anomaliyalar

    • Jigar o‘smalari ko‘pincha tananing qolgan qismi va turli moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi gormonlar ishlab chiqaradi. Bu quyidagi qoidabuzarliklarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin:
    • Qonda kalsiy miqdorining oshishi. Vaziyat ko‘ngil aynishi, xotiraning susayishi, ich qotishi, mushaklarning kuchsizligi bilan kechadi.
    • Glyukoza miqdorining yetishmasligi charchoq va hushdan ketishga olib keladi.
    • Qondagi qizil qon hujayralari darajasining oshishi, bu odamni qizarishga olib kelishi mumkin.
    • Yuqori xolesterin.
    Taloqning kattalashishi

    Jigarda qon oqimi buzilishi va qizil qon tanachalari sonining ko‘payishi tufayli ba’zi odamlarda taloq kengayishi mumkin. U yonidagi organlarga, masalan, oshqozonga bosim o‘tkazadi va ovqat hazm qilishni buzadi.

    Agar jigar saratoni belgilari kuzatilsa, nima qilish kerak?

    Bu alomatlar har doim ham saraton kasalligini ko‘rsatmaydi. Ammo har ehtimolga qarshi, terapevtga murojaat qilish kerak. U tekshiruvni tayinlaydi. Bu qorin bo‘shlig‘i ultratovush tekshiruvi, biokimyoviy qon tekshiruvi va saraton kasalligiga shubha bo‘lsa, jigar biopsiyasi bo‘lishi mumkin. Shundagina shifokor davolanishni tavsiya qiladi. Ba’zida kimyo terapiya yoki hatto organ transplantatsiyasi ham amalga oshiriladi.

    Mavzuga doir:

    • Jigar salomatligini asrashda yordam beradigan mahsulotlar
    • Jigar kasalliklarini 20 foizga kamaytirishga yordam beradigan 7 odat
    • Oshqozon yarasi, yuqori qon bosimi va kecha damlangan choyni ichib bo‘lmasligining boshqa sabablari

    22.10.2021, 20:58   Izoh (0)   59060
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    C vitaminiga boy tabiiy mahsulotlar

    22.10.2021, 10:57

    Insult xavfini kamaytiruvchi mahsulotlar nomi ma’lum qilindi

    21.10.2021, 17:53

    Аyollar muntazam o‘tishi kerak bo‘lgan 7 tibbiy tekshiruv

    20.10.2021, 09:54

    O‘xshash simptomlar: Astma bilan adashtirish mumkin bo‘lgan 5 ta kasallik

    19.10.2021, 13:58

    Kuzgi holsizlik: hech nima qilishga xohish bo‘lmasa va lohaslik kuzatilsa, nima qilish kerak?

    19.10.2021, 08:51

    Behi mavsumi: “oltin olma”ning tarkibi va foydali xususiyatlari

    18.10.2021, 20:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.