Inson tanasi yaxshi tartibga solingan zavodga o‘xshaydi, unda har bir a’zoning funksiyasi hayot uchun juda muhimdir. Har kuni tana o‘z vazifalarini muntazam bajaradi, shu bilan birga o‘zini atrof-muhitning zararli ta’siridan himoya qiladi. Tanada ham detoksikatsiya tizimi mavjud — jigar. Ammo u doimiy ravishda katta miqdordagi toksinlar bilan kurasha olmaydi, spirtli ichimliklarni esa gapirmasa ham bo‘ladi. Shuning uchun quyida berilgan mahsulotlarni kundalik ratsionga kiritish qat’iy tavsiya etiladi, ular jigarni mustahkamlaydi va davolaydi.

Foto: Google Images

Lavlagi

Foto: “Interesno.cc”

Ro‘yxatdagi taomlarning deyarli barchasi unchalik mazali emas. Shuning uchun har safar xarid qilish chog‘ida unutmasdan lavlagi sotib olish zarur. Ushbu foydali sabzavot mo‘jizaviy tarzda jigar hujayralarini yangilashi mumkin.

Sarimsoq

Foto: “Interesno.cc”

Biroz noqulaylik tug‘dirsa-da, sarimsoqni doimiy ravishda iste’mol qilish kerak. Bu deyarli jigarni tozalashning eng yaxshi tabiiy vositasidir: antioksidantlar va minerallar bilan birga, selen va arginin esa jigarga qon tomirlarini tozalashga yordam beradi.

Olmalar

Foto: “Interesno.cc”

Jigarni doimiy spirtli ichimliklar ta’siridan qutqarishning eng oson yo‘li oddiygina olma. Bundan tashqari, ularni meva holicha yoki pishirilgan holda yeyish mumkin. Olma tarkibidagi pektinlar jigardan ortiqcha xolesterinni olib tashlaydi va shu orqali bu organning ishini osonlashtiradi.

Zarchava 

Foto: “Interesno.cc”

Zarchava tarkibidagi kurkuma safro oqishini tezlashtiradi va jigarni faol tozalaydi. Hamma narsaga sharqona ziravordan qo‘shishning hojati yo‘q, go‘shtli taomlarga zarchavani haftasiga ikki marta qo‘shib turish kifoya.

Zaytun yog‘i

Foto: “Interesno.cc”

Qadoqlangan zaytun yog‘i organizm uchun juda foydali bo‘lib, bu mahsulot tarkibida lipidlar miqdori yuqori. Ular kun davomida qabul qilingan toksinlarni faol o‘zlashtiradi.

Greypfrut

Foto: “Interesno.cc”

Har kuni tongni greypfrutdan boshlashni odatiy qoidaga aylantirish lozim. Birinchidan, u ajoyib yog‘ eritish xususiyatiga ega, bu bir necha kilogramm yo‘qotishga yordam beradi. Ikkinchidan, greypfrut — jigarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan antioksidantning ajoyib manbayi.

Asal

Foto: “Interesno.cc”

Shakar jigarga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, faqat irodali insonlar shirinliklardan voz kechishga qodir. Buning uchun avval shakardan tabiiy asalga o‘tishga harakat qilish lozim. Kuniga ikki marta ovqatdan oldin bir choy qoshiq ichish jigar hujayralarini tiklash uchun foydali.