So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Sport

    Bokschilarning JChga boradigan yakuniy tarkibi, 3 yilga sportdan chetlatilgan Olimpiada sovrindori va yana Messidan o‘zib ketgan Ronaldu. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    21.10.2021, 22:50 19349

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 21-oktabr kunining eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    Diyorbek O‘rozboyev 3 yilga sportdan chetlatildi

    Foto: MOQ

    Foto: MOQ

    Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Rio—2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindori, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Osiyo chempionati kumush medali sohibi Diyorbek O‘rozboyev organizmida taqiqlangan modda aniqlangani sababli 3 yilga barcha musobaqalardan chetlatildi.

    O‘rozboyev O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining “Milliy test ro‘yxati”ga kiritilgan bo‘lib, rejali tarzda doping-nazoratidan o‘tishi belgilangan. 2021-yilning 6-may kuni sportchidan doping-sinama olingan. Tekshiruv natijasida sportchi tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligi sodir etilgan, ya’ni u meldonium taqiqlangan moddasi iste’mol qilgani aniqlangan.

    Natijada O‘rozboyev 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Diskvalifikatsiya 2021-yil 16-avgustdan 2024-yil 15-avgustga qadar etib belgilandi.

    O‘zbekiston boks terma jamoasining JChga boradigan yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi

    Foto: Boks Federatsiyasi

    Foto: Boks Federatsiyasi

    Serbiyaning Belgrad shahrida 25-oktabrdan 6-noyabrga qadar shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasining mazkur musobaqada ishtirok etadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi.

    -48 kg. Nodirjon Mirzahmedov

    -51 kg. Hasanboy Do‘stmatov

    -54 kg. Shahobiddin Zoirov

    -57 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov

    -60 kg. Abdumalik Halokov

    -63,5 kg. Mujibullo Tursunov

    -67 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev

    -71 kg. Shahram G‘iyosov

    -75 kg. Saidjamshid Jafarov

    -80 kg. Odiljon Aslonov

    -86 kg. Shohjahon Abdullayev

    -92 kg. Madiyar Saidrahimov

    +92 kg. Lazizbek Mullajonov.

    Jasur Abduraimov “Metallurg”dan iste’foga chiqdi

    Foto: “Metallurg”

    Foto: “Metallurg”

    Jasur Abduraimov “Metallurg” bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda Bekobod klubi matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, klubda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Abduraimov salomatligi bois faoliyatini davom ettira olmasligini bildirgani ma’lum qilingan. Shartnoma ikki tomonlama kelishuvga muvofiq bekor qilingan.

    Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadigan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga jalb etilgan futbolchilar ma’lum qilindi

    Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichi uchun O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi.

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    Timur Kapadze jamoaga quyidagi futbolchilarni jalb etgan.

    Darvozabonlar: Shukron Yo‘ldoshev (“Paxtakor”), Hamidullo Abdunabiyev (“Olimpik”), Vladimir Nazarov (“Olimpik”);

    Himoyachilar: Abubakr Rizo Turdaliyev (“Nasaf”), Dostonbek Tursunov (“Olimpik”), Muhammadqodir Hamraliyev (“Dinamo”), Eldorbek Begimov (“Olimpik”), Saidazamat Mirsaidov (“Olimpik”), Bektemir Abdumannonov (“Olimpik”), Odilbek Abdumajidov (“Metallurg”), Asliddin Toshtemirov (“Turon”), Hamid Rustamxonov (“Olimpik”), Sunnatulloh Hamidjonov (“Olimpik”), Shahzod Toirov (“Olimpik”);

    Yarim himoyachilar: Abbosbek Fayzullayev (“Paxtakor”), Abdurauf Buriyev (“Olimpik”), Davron Anvarov (“Olimpik”), Diyorbek Rahimqulov (“Andijon”), Ibrohim Ibrohimov (“Metallurg”), Jasurbek Jaloliddinov (“Lokomotiv”), Diyor Xolmatov (“Paxtakor”), Farruxbek Muxtorov (“Olimpik”);

    Hujumchilar: Alisher Odilov (“Olimpik”), Otabek Jo‘raqo‘ziyev (“Olimpik”), Ulug‘bek Hoshimov (“Neftchi”), Hojimat Erkinov (“Paxtakor”), Husayn Norchayev (“Nasaf”), Ruslanbek Jiyanov (“Olimpik”).

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    Mazkur bosqich o‘yinlari 27-oktabrdan 2-noyabrga qadar Toshkentda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston D guruhida Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Kuvayt bilan kurash olib boradi.

    Ma’lumot uchun, musobaqaning final bosqichiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

    Toshkent viloyati derbisida “OKMK”ning qo‘li baland keldi

    21-oktabr kuni Superliganing 23-turi start oldi. “Metallurg” o‘z maydonida “OKMK”ni qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

    Turning qolgan o‘yinlari 22—25-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

    Jahon

    “Barselona” ham Mbappe uchun kurashga qo‘shildi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Barselona” 2022-yilning yozida Kilian Mbappe uchun kurashga qo‘shilmoqchi.

    As nashriga ko‘ra, katalonlar 22 yoshli futbolchiga klub bilan shartnoma imzolashi uchun 90 million yevro miqdorida bonus taklif qilishga tayyor. Qayd etilishicha, klubda bunday imkoniyat 2022-yilning iyulida bo‘lishi mumkin.

    “Ko‘k-anorranglilar”ning fikricha, “Real” Kilianga bonus sifatida atigi 50 million yevro taklif qilishga tayyor. Bundan tashqari, “Barselona” Mbappega “Real”ga qaraganda yuqoriroq maosh taklif qilmoqchi.

    Avvalroq Mbappening “PSJ”dan ketishga qaror qilgani va “Real”ga o‘tmoqchiligi xabar qilingandi.

    YChLda haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

    UEFA Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi.

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA
    • Deyli Blind (“Ayaks”) — “Borussiya D”ga qarshi bahsda (4:0) gol;
    • Noa Okafor (“Zalsburg”) — “Volfsburg”ga qarshi o‘yinda (3:1) 2 ta gol;
    • Alisson Bekker (“Liverpul”) — “Atletiko”ga qarshi bellashuvda (3:2) 3 ta seyv;
    • Sebastyan Koates (“Sporting”) — “Beshiktosh”ga qarshi uchrashuvda (4:1) 2 ta gol.
    Shuningdek, tashkilot 3-turining eng yaxshi golini ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, “Real” vingeri Vinisius Juniorning “Shaxtyor” darvozasiga kiritgan goli haftaning eng chiroyli goli deb topildi.

    https://www.instagram.com/p/CVSXbSpI1CL/?utm_source=ig_embed&utm_campaign=embed_video_watch_again

    JCh—2022 ga 2022-yilning 1-aprel kuni qur’a tashlanadi

    Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022-yilgi Jahon Chempionatiga 2022-yilning 1-aprel sanasida qur’a tashlanadi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

    Musobaqaning saralash va o‘tish o‘yinlari mart oyida yakunlanadi. Musobaqaning o‘zi esa 2022-yilning 21-noyabridan 18-dekabriga qadar bo‘lib o‘tadi.

    Ronaldu Chempionlar Ligasi rekordini o‘rnatdi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi doirasidagi o‘yinda “Atalanta” darvozasiga gol urdi.

    Bergamo klubi Ronaldu Chempionlar Ligasida gol urgan 38-jamoaga aylandi. Bu Chempionlar Ligasi rekordi hisoblanadi.

    Qayd etish kerak, 19-oktabr kuni Lionel Messi “Leypsig” darvozasiga ikkita gol urib, musobaqada gol urgan jamoalari sonini 37 taga yetkazib olgandi va Ronaldu bilan tenglashgandi.

    Shuningdek, Ronaldu Chempionlar Ligasida gol urish borasida ham eng yaxshi natijaga ega — 137 ta gol.

    “Barselona” Fati bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Barselona” vinger Ansu Fati bilan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

    Klub 18 yoshli futbolchi bilan 2027-yilning 30-iyunigacha mo‘ljallangan yangi bitimni imzolagan. Shartnomada futbolchining tovon puli 1 milliard yevro etib belgilangan.

    Fati klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2019-yilda jamoadagi debyutini o‘tkazgan.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tayvandagi fabrikada yong‘in chiqib, besh kishi halok bo‘ldi

    Bugun, 13:07

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    Bugun, 12:45

    O‘zbekiston gender ma’lumotlar indeksida eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi

    Bugun, 11:30

    OTB hisobotida O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish prognozlari yaxshilandi

    Bugun, 11:30

    Ukraina Rossiyaning Qora dengiz floti qarorgohiga zarba berishda Storm Shadow raketalaridan foydalangan — OAV

    Bugun, 11:08

    32 yoshli David de Xea faoliyatini yakunlashi mumkin

    Bugun, 10:30

    “O‘zgidromet” 24-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    Bugun, 10:24

    “Barselona” Xavi bilan hamkorlikni davom ettiradi

    Bugun, 10:12

    “Sharq” majmuasining qaysi binolari madaniy meros obyekti ekani tekshiriladi

    Bugun, 10:08

    Tavsiya etamiz

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    07:00 / 22.09.2023

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida

    23:00 / 21.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Saratonni yenggan, liftda ko‘zi yorigan va og‘ir dardga chalingan turmush o‘rtog‘ini parvarishlayotgan Saida Rametova 66 yoshda (foto, video)

    13:00 / 22.09.2023

    Chustdagi bolalar zaharlanishi bo‘yicha Bosh prokuratura jamoatchilikdan tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi 

    01:00 / 22.09.2023

    Chustda bolalarning ommaviy zaharlanishi ortidan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova ishdan olingani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berildi

    13:00 / 22.09.2023

    Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning asosiy mudofaa chizig‘ini yorib o‘tdi — WSJ

    19:00 / 22.09.2023

    Ukraina Rossiyaning o‘ta “nozik” joyiga zarba berdi — Britaniya razvedkasi 

    18:00 / 22.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?