Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 3-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 20-oktabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Barselona” o‘z maydonida “Dinamo K”ni qabul qildi va kichik hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuv taqdirini hal qilib bergan yagona golni 36-daqiqada Xerard Pike kiritdi.

Shu tariqa “Barselona” Chempionlar Ligasi 2021/22-yilgi mavsumidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Atalanta”ni qabul qildi va ajoyib kambek namoyish etdi. Dastlab, Bergamo klubi birinchi bo‘limda ikkita gol urib, hisobda oldinga chiqib olgandi. Biroq o‘yinning ikkinchi yarmida Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari iroda namoyish etib, yakunda 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Qizillar”ning gollariga Markus Reshford, Harri Maguayr va Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi.

“Yuventus” safarda Deyan Kulusevskining yagona goli evaziga “Zenit”dan ustun keldi.

“Bavariya” mehmonda “Benfika”ga javobsiz 4 ta gol urdi. Myunxenliklarning gollari Leroy Sane (dubl) va Robert Levandovski nomiga yozildi. Yana bir vaziyatda Everton Soares o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

“Chelsi” Londonda “Malmyo” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Jorjinyoning dubli, hamda Andreas Kristensen va Kay Havertsning gollari “ko‘klar”ning g‘alabasini ta’minlab berdi.

Uchrashuvlardagi gollarni bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

YChL

3-tur bahslari

20-oktabr, chorshanba

E guruhi

“Barselona” Ispaniya – “Dinamo Kiyev” Ukraina 1:0

Gol: 1:0 – 36 Pike.

“Barselona” – ter Stegen, Mingesa (Koutinyo, 46), Pike, Langle, Alba, Buskets, de Yong, Gavi (Serji Roberto, 69), Dest, de Yong (Fati, 46), Depay (Aguero, 75).

“Dinamo Kiyev” – Bushan, Kendzera (Timchik, 78), Sirota, Zabarniy, Mikolenko, Sigankov (Karavayev, 85), de Pena (Vitinyo, 61), Sidorchuk, Buyalskiy (Ramires, 85), Shaparenko, Supryaga (Garmash, 61).

Ogohlantirish: de Yong (90).

F guruhi

“Manchester Yunayted” Angliya – “Atalanta Italiya” 3:2

Gollar: 0:1 – 15 Pashalich, 0:2 – 28 Demiral, 1:2 – 53 Reshford, 2:2 – 75 Maguayr, 3:2 – 81 Ronaldu.

“Manchester Yunayted” – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelyof, Shou, Fred (Matich, 88), Brunu Fernandesh, Maktomini (Pogba, 66), Ronaldu, Reshford (Kavani, 66), Grinvud (Sancho, 73).

“Atalanta” – Musso, Zappakosta, de Ron, Palomino, Demiral (Lovato, 46), Mele, Froyler, Pashalich (Malinovskiy, 68), Kopmeyners (Pessella, 80), Ilichich (Miranchuk, 68), Muriel (Sapata, 56).

Ogohlantirishlar: Lovato (55), Pashalich (57), de Ron (57), Shou (64), Palomino (80), Matich (90), Kavani (90).

E guruhi

“Benfika” Portugaliya – “Bavariya” Germaniya 0:4

Gollar: 0:1 – 70 Sane, 0:2 – 80, avtogol Everton, 0:3 – 82 Levandovski, 0:4 – 84 Sane.

“Benfika” – Vlaxodimos, Almeyda (Diogu Gonsalvesh, 40), Vertongen, Otamendi, Verissimo, Grimaldo, Joau Mariu (Taarabt, 81), Vaygl, Rafa Silva (Pissi, 80), Yaremchuk (Everton, 76), Nunyes (Gonsalu Ramush, 81).

“Bavariya” – Noyer, Pavar (Gnabri, 66), Zyule, Upamekano, Ernandes (Richards, 85), Zabitser (Tolisso, 86), Kimmix, Myuller (Stanishich, 77), Levandovski, Koman (Musiala, 86), Sane.

Ogohlantirishlar: Otamendi (45), Joau Mariu (51), Upamekano (56), Ernandes (59).

H guruhi

“Chelsi” Angliya – “”Malmyo” Shvetsiya 4:0

Gollar: 1:0 – 9 Kristensen, 2:0 – 21, penalti Jorjinyo, 3:0 – 48 Haverts, 4:0 – 57, penalti Jorjinyo.

“Zenit” Rossiya – “Yuventus” Italiya 0:1

Gol: 0:1 – 86 Kulusevski.

F guruhi

“Yang Boyz” Shveysariya – “Vilyarreal” Ispaniya 1:4

Gollar: 0:1 – 6 Pino, 0:2 – 16 Jerar Moreno, 1:2 – 77 Elia, 1:3 – 88 Alberto Moreno, 1:4 – 90 Chukvueze.

G guruhi

“Lill” Fransiya – “Sevilya” Ispaniya 0:0

“Zalsburg” Avstriya – “Volfsburg” Germaniya 3:1

Gollar: 1:0 – 3 Adeyemi, 1:1 – 15 Nmecha, 2:1 – 65 Okafor, 3:1 – 77 Okafor.