14-oktabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.
Toshkent shahri, Olmazor tumani, “Hastimom” mahallasi, Zarqaynar ko‘chasidagi “Turon” kutubxonasida tashkil etilgan 776-saylov uchastkasida saylovga necha kun qolganini ko‘rayotgan yo‘lovchi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Blekpuldagi Madam Tyusso muzeyida Yelizaveta II ning yangi mum haykali eskisi bilan almashtirildi.
Foto: Getty Images
Xitoyning Jinan shahrida yurakchalar bilan bezatilgan piyodalar o‘tish joyi paydo bo‘ldi.
Foto: “TASS”
Kamida olti kishi Bayrutdagi Adliya saroyi oldida “Hizbulloh” shia guruhi va uning ittifoqchilari tomonidan uyushtirilgan norozilik namoyishi natijasida boshlangan to‘qnashuvlar qurboni bo‘ldi.
Foto: “TASS”
Buyuk Britaniya tarkibiga kiruvchi Shimoliy Irlandiya hamda Irlandiya Respublikasining chegarasidagi devor ustida turgan itlar.
Foto: Reuters
Rossiyaning “Solnechniy” mikrorayoni hududidagi torf havzasida yong‘in kelib chiqqani sababli Yekaterinburgning bir qancha tumanlari tutun bilan qoplangan. Havoda zararli moddalar konsentratsiyasi me’yordan oshib ketdi.
Foto: “TASS”
Afg‘onistonlik musiqachilar oilasiga tegishli sayohat sumkalari. Vizalar yo‘qligiga qaramay, oila mamlakatni tark etish imkoniyatini kutib, kerakli narsalarini yig‘ib qo‘ygan.
Foto: AP Photo
Los-Anjelesdagi Bonhams Music Memorabilia auksionida Bitlz guruhining 1960 va 1963-yillarda Pol Makkartni tomonidan yozilgan ikkita musiqiy to‘plami sotilmoqda.
Foto: Getty Images
Turkiyaning Nevshahir shahridagi arg‘imchoqda havo sharlari fonida suratga tushayotgan ayol.
Foto: Getty Images
Sudralib yuruvchilar kolleksioneri, meksikalik Xames Sanches yetti yoshli yashil anakonda va uning 19 ta bolasidan birini ushlab turibdi.
Foto: Getty Images
Tayvanning Yunlin tumanidagi konserva zavodida soya solingan idishlar orasida yurgan tashrif buyuruvchilar.
Foto: AFP
Wild Life Sidney hayvonot bog‘ida yashovchi koala bolasi. 109 kunlik lokdaundan so‘ng Sea Life Sidney okeanariumi, Madam Tyusso muzeyi va Sidney hayvonot bog‘i qayta ochildi.
Foto: Getty Images
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- BAAda o‘tkazilgan haqiqiy “Kalmar o‘yini”, juft izlayotgan bug‘u, “yer yutgan” mashinalar. 13-oktabr suratlari
- “Zakovat”ni tomosha qilayotgan Mirziyoyev, ko‘chani to‘ldirgan futbol ishqibozlari, Xalqaro o‘liklar kunidagi parad. 12-oktabr suratlari
- Masjidga kirish uchun navbat, qariyalarni yo‘qlab kelgan hayvonlar, Marsga uchish oldidan qilingan mashg‘ulot. 11-oktabr suratlari
- Juma namozidagi portlash, Kolizeyda qilingan tinchlik uchun ibodat, Isroil kuchlari bilan to‘qnashgan falastinlik. 8-oktabr suratlari
- “Tolibon” qo‘liga tushgan giyohvandlar, yulduziga ega chiqqan Jeyms Bond, neft bilan qoplangan plyaj. 7-oktabr suratlari
- Toshkentdagi bo‘yalayotgan “dom”, Angliyada kurka yetishmovchiligi, karantin rekordini o‘rnatgan shahar. 6-oktabr suratlari
- Istanbuldagi o‘zbek somsa markazi, nochor qolgan afg‘on qizchasi, raqs tushayotgan galaktikalar. Hafta suratlari