Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda qaysi jins vakillari ko‘proq ekanini ma’lum qildi.
“O‘zbekistonda ayollar ko‘pmi yoki erkaklar, degan savolga deyarli barcha ayollar ko‘p deb javob beradi. Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bir yigitga nechtadir qiz to‘g‘ri keladi, deb izohlar qoldirdi. Lekin ishoning, rostan ham erkaklar soni ko‘p. Oxirgi yillarda o‘g‘il bolalar tug‘ilishi ko‘paygan. Aynan shuning hisobiga respublikamizda ayollar soniga nisbatan erkaklar soni oshgan”, — deb qayd etgan qo‘mita.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra respublikaning doimiy aholisi soni 35 079 190 kishini tashkil etmoqda.
Shundan:
- ayollar — 17 432 730 nafar;
- erkaklar — 17 646 460 nafar.
Bundan avval qo‘mita O‘zbekistonning necha foiz aholisi mehnatga layoqatli ekanini, 2021-yilning dastlabki 9 oyida qancha nikoh qayd etilgani, mamlakatda yil boshidan buyon qancha chaqaloq tug‘ilganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)