Daryo

Foto: Mashhurlarga atab o‘rnatilgan eng kulgili haykallar

Bekhem o‘ziga atab o‘rnatilgan haykalni ko‘rganida shokka tushgan

2 daqiqa o‘qish86 710 ko‘rishlar0 izoh0

Kim ham o‘ziga haykal qo‘yilishini xohlamaydi deysiz? Ammo quyidagi mashhurlarga atab qo‘yilgan ijod namunalarini ko‘rgach,
bunday haykallarning boridan yo‘g‘i yaxshi, degan xulosaga kelish mumkin.

Melaniya Tramp

Foto: Cosmopolitan

AQShning sobiq birinchi xonimiga atab uning ona yurti Sevnitsada haykal qo‘yilgan. Unda Melaniya, Donald Trampning inauguratsiyasiga kiygan ko‘k libosda tasvirlangan. Ijtimoiy tarmoqda ushbu haykal aks etgan surat foydalanuvchilarning kulgisiga sababchi bo‘lgan.

Leonardo Di Kaprio

Foto: Cosmopolitan

Gollivuddagi Madam Tyusso muzeyiga tashrif buyuruvchilar yuzi o‘zinikiga unchalik o‘xshamagan Di Kaprioning mumdan yasalgan haykalini ko‘rishi mumkin.

Krishtianu Ronaldu

Foto: Cosmopolitan

Ronaldu beshinchi marta dunyodagi eng yaxshi futbolchi deb topilganidan keyin Madeyra orolida unga atab g‘aroyib haykal qo‘yilgan.

Muhammad Saloh

Foto: Cosmopolitan

Ajoyib haykaltaroshlardan birining ijod namunasida aks etgan yulduzlardan yana biri futbolchi Muhammad Saloh sanaladi. Odamning yuzida tabassum uyg‘otadigan skulptura uning vatani Misrda o‘rnatilgan.

Jastin Biber

Foto: Cosmopolitan

Millionlab muxlislarga ega xonandaga atab o‘rnatilgan haykalni Jastinga o‘xshatish mushkul.

Emiliya Klark

Foto: Cosmopolitan

Madam Tyusso muzeyining Irlandiyadagi filialida o‘rnatilgan haykal “Taxtlar o‘yini” yulduzidan ko‘ra erkaklarga ko‘proq o‘xshaydi.

Devid Bekhem

Foto: Cosmopolitan

Karyerasini tugatish arafasida o‘ynagan jamoa mashg‘ulot qilgan Los-Anjelosdagi stadionda Bekhemga atab haykal o‘rnatilgan. U mazkur haykalni ko‘rganida shokka tushgan. Do‘sti, komik Jeyms esa soxta taqdimot o‘tkazib, haqiqiy skulptura o‘rniga
Bekhemning xunuk qilib tasvirlangan variantdagisini ko‘rsatgan.

Foto: Cosmopolitan
Futbolchi bunga javoban farzandlari ko‘rsa, yig‘lab yuborishi mumkinligini aytgan. Buning hammasi hazil ekanini bilgach esa o‘zini kulgidan to‘xtata olmagan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar