• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yangra, ona tilim

    1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Yangra, ona tilim

    V. I. Lenin milliy tillarga kishilar o‘rtasidagi eng muhim aloqa vositasigina deb qaramasdi, balki avvalambor ana shu tillar asosida xalqlar, ularning taqdiri, madaniyatlari, tarixlari va, qolaversa, insoniy huquqlari borligini to‘la anglab yetgan edi. Shu sababli ham Vladimir Ilich o‘zining milliy masalalarga bag‘ishlab yozgan asarlarida milliy tillar va ularning ravnaqiga alohida e’tibor berdi. U partiyaning oldiga qo‘ygan birinchi vazifa — milliy masala haqida to‘xtalib: “…aholiga o‘z ona tilida ma’lumot olish huquqi berilsin, buning uchun davlat va mahalliy boshqarma idoralari hisobidan kerakli miqdorda maktablar ochilein; har bir fuqaro majlislarda o‘z ona tilida gapirish huquqiga ega bo‘lsin”, deb ko‘rsatgan edi (V. I. Lenin. TAT. 7-tom, 315-bet).

    Partiyaning II syezdi, 1903-yilda qabul qilgan dasturida belgilangan bu vazifalar uning keyingi dasturlarida ham o‘z aksini topganligiga qaramay yaqin tariximizda lenincha milliy siyosatdan chekinish, buzilish hollari sodir bo‘ldi. Bunda ayrim partiya va davlat rahbarlarining noto‘g‘ri olib borgan siyosatlari, xalqlar o‘rtasida baynalmilalchilikni vujudga keltirishdagi shoshma-shosharliklar va ularni nazariy jihatdan rag‘batlantirgan olimlarimizning ham xatolari katta bo‘ldi. “Internatsionalizm bayrog‘i” ostida asossiz, shoshqaloqlik bilan chiqarilgan xulosalar jamiyatimizda milliy masalalarni chigallashtirib yubordi. Natijada kichik xalqlarning milliy maktablarini yopish, yalpisiga rus tilida o‘qitishga majbur qilib qo‘yish millatlarning internatsionallashuvi deb xaspo‘shlandi. 1961-yil 3-yanvarda Moldaviya SSR Maorif Ministrligi tomonidan chiqarilgan buyruqda “Gagauz tilida o‘qitiladigan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini rus tilida ta’lim olishga o‘tkazish haqida”gi qarori butun boshli bir xalqning ona tili ustidan chiqarilgan o‘lim hukmi bo‘ldi.

    Mana shunday qarorlar va turli nuqtayi nazarlar natijasida 1926-yilgi aholini ro‘yxatga olish vaqtida qayd etilgan SSSRdagi 194 ta milliy til 1979-yilga kelib 101 taga tushib qoldi. Maorif ishlari esa atigi 52 tilda olib borildi. Butun boshli el va elatlar o‘z ona tillarini butunlay unutishgacha borib yetdilar. Qarang, XII—XIII asrlarda o‘lik tilga aylangan so‘g‘d tilining bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘lib kelayotgan Tojikiston SSRning tog‘li nohiyalarida istiqomat qiluvchi yag‘nobiylar tili davrning shafqatsizligi natijasida ularning turli taraflarga ko‘chirilish oqibatida mangu yo‘qlikka yuz tutdi. Bu xalq tilida muloqot qiluvchilar soni XX asr o‘rtalarida atigi ikki ming kishi atrofida edi. Yoshlar esa umuman o‘z ona tillarini bilmaydilar. Mana shunday hollarni boshqa millatlar taqdirida ham ko‘rishimiz mumkin.

    O‘tgan yillarda nafaqat kichik xalqlar, balki ayrim jumhuriyatlarda yashovchi tub aholining vakillari ham o‘z ona tillarida ta’lim olish huquqidan mahrum bo‘ldilar.

    “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 1989-yil 20 oktabr kungi sonida tarixchi olim P. G. Kim tomonidan e’lon qilingan “Uydirma va haqiqat” nomli maqoladagi bir manba e’tiborimizni tortdi. Olimning olib borgan tadqiqotlari natijasi shuni ko‘rsatadiki, Rossiya imperatori tomonidan berilgan farmonga ko‘ra o‘tkazilgan ro‘yxatga olish davrida aholining savodlilik darajasi birgina Farg‘ona viloyati harbiy gubernatorining ko‘rsatmasiga binoan anketa varaqasiga kiritilgan bo‘lib, u ham “Rus tilida gapira oladimi?” degan savolga javob tarzida o‘tkazilgan va shunga qarab savodxonlik darajasi aniqlangan. Demak, mana shu manbalarga asoslangan holda aytishim mumkinki, birgina Farg‘ona vodiysining o‘zida aholining ikki foizdan ko‘prog‘i rus tilida muloqot qila olgan. Ammo mana shu ko‘rsatkich yaqin-yaqinlargacha ham: “Ulug‘ Oktabr inqilobigacha O‘zbekistonda atigi ikki foiz aholi savodli bo‘lgan”, degan majhul fikrni tug‘dirishga asos bo‘lib xizmat qildi va u o‘zbek xalqining madaniy hayoti tarixiga ayovsiz bosilgan tamg‘a vazifasini o‘tadi.

    O‘zbek xalqining rus tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ixtiyoriylik darajasidan chiqib niqoblantirildi. Baynalmilalchilikni, millatlararo birdamlikni vujudga keltirish uchun rus tili birinchi darajali vosita, deb hisoblandi, bu tilda o‘qitish soatlari ko‘r-ko‘rona oshirilgandan oshirib borildi, rus tili kunlari vujudga keldi. 1970-yillarning oxirlariga kelib bu tilni o‘rganish darajasi viloyat partiya qo‘mitasi kotiblarining yozma hisobotlariga kiritildi va ular o‘quvchilarning til bilish miqdorini raqamlar bilan belgilashgacha borib yetdi. Mana shunday dastaklarga asoslangan holda lenincha milliy masalani hal etishda erishilgan natijalar mutloqlashtirildi, milliy munosabatlarga, til masalalariga chinakamiga ma’muriy ko‘z bilan qaradilar. Hatto partiya va davlat idoralarida ishlovchi kishilar o‘zbek tilida gapirishdan uyaladigan bo‘lib qoldilar. Ular atrofdagilarning hammasi o‘zbeklar bo‘lsada, rus tilida gapirishni o‘zlariga mansab bildilar. Mana shuning uchun ham ayrim sobiq rahbarlarning bugungi kunda tutgan fojiali ahvoliga hech kimning ichi achimayapti. Chunki ular xalqdan, Vatanidan uzoqlashgan edilar.

    KPSS Markaziy Komitetining 1985-yil Aprel plenumi tomonidan ilgari surilgan va mamlakatning barcha jabhalarida partiya olib borayotgan qayta qurish siyosatida lenincha milliy til siyosati har qalay o‘z aksini topdi. KPSS XIX Butunittifoq konferensiyasi tomonidan qabul qilingan “Millatlararo munosabatlar to‘g‘risida”gi qarorida “SSSRdagi barcha grajdanlarning ona tillarini erkin rivojlantirish va ulardan teng huquqli foydalanish — ko‘p millatli davlatimizning eng muhim prinsipidir”, deb ta’kidlandi. Mamlakatda lenincha milliy siyosat g‘oyalarining qayta tiklayishi natijasida qator milliy jumhuriyatlar, shu jumladan, O‘zbekistonda ham jumhuriyat nomi bilan yuritiladigan tilga Davlat tili maqomi berildi.

    Ma’lumki, o‘zbek tiliga Davlat tili huquqi berilishi arafasida ham ayrim shaxslar bunga qarshi turib o‘z qarashlarini Lenin g‘oyalari bilan niqoblashga urindilar. Turli bahonalarni ro‘kach qilib, Davlat tili haqidagi qonunni qabul qilish ishini paysalga solib keldilar. Va bu bilan o‘zlarining xalq bilan hisoblashmasliklarini yana bir bor namoyon etdilar. Masalaning qiziq tarafi shundaki, V. I. Lenin ko‘p millatli Rossiyada milliy tillarning erkin rivojlanishini qo‘llab-quvvatlab chiqqanligi sababli ham Gruziyada Sovet hokimiyati o‘rnatilgach, 1922-yilda qabul qilingan jumhuriyat konstitutsiyasiga gruzin tilini rasmiy ravishda Davlat tili deb kiritilishiga qarshi chiqmadi. Armaniston SSR, Ozarbayjon SSRda va hatto 1918-yili Turkiston Kommunistik partiyasining birinchi sezdida yerli xalqlar tili davlat tili darajasiga ko‘tarilganida ularga xayrixoh bo‘lgan edi. U Sovet davlatining birinchi hujjatlaridayoq “Rossiya xalqlari haq-huquqlari Deklaratsiyasi”, “Rossiya va Sharqning musulmon mehnatkashlariga murojaat”i, RSFSRning 1918-yilda qabul qilingan birinchi Konstitutsiyasi va qolaversa partiyaning X sezdida velikorus bo‘lmagan xalqlarning o‘z ona tillarida matbuot, maktab, teatr, da’vatxona ishlarini va umuman madaniy-oqartuv muassasalarini rivojlantirish, ona tilida ham umumiy, ham hunar-texnika ta’limi beradigan kurs va maktablarni keng miqyosda yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda yordam berish vazifalarini qo‘ydi hamda chekka o‘lkalarda ishlayotgan, “hokim” millat bo‘lib yashash sharoitida o‘sgan va milliy zulm ko‘rmagan velikorus kommunistlarining partiya va sovetlar ishida milliy xususiyatlarning ahamiyati ko‘pincha kamsitishlari va bu ular bilan hisoblashmaslik, o‘z ishlarida millatlarning sinfiy tuzilishi, madaniyati, turmushi va tarixiy o‘tmishining xususiyatlarini nazarga olmaslik partiyaning milliy masalada tutgan siyosatini siyqalashtiradi va buzadi», deb ko‘rsatgan edi.

    V. I. Lenin ko‘p millatli davlatda milliy masalada milliy tilning tutgan o‘rnini juda ziyraklik bilan ko‘ra bildi. Mana shuni inobatga olgan holda u o‘zining so‘nggi xat va maqolalaridagi vasiyatlarida: “Milliy tilni ittifoqimizga kirgan o‘zga milliy jumhuriyatlarda ishlatish haqida juda qat’iy qoidalar joriy qilish va bu qoidalarni juda puxta tekshirib turish kerak. Shubha yo‘qki, temir yo‘l xizmatining birligi bahonasi bilan, qonun-qoidalar birligi va shu kabilar bahonasi bilan bizda, hozirgi apparatimiz sharoitida ko‘pdan-ko‘p g‘irt ruscha taxlitdagi suiiste’mollar bo‘lishi turgan gap. Bu suiiste’mollarga qarshi kurashmoq uchun alohida mohirlik zarur. Bunda batafsil ishlangan qonunlar majmuasi kerak bo‘ladi, bu qonunlar majmuasini faqat shu jumhuriyatlarda yashovchi kishilargina bir qadar muvaffaqiyat bilan tuza oladi”, deb ta’kidlagan edi. Lenin g‘oyalarining naqadar to‘g‘ri ekanligini hayot yana bir bor isbot qilib berdi.

    O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi, — deyishadi jumhuriyat hukumati tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston SSR Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirish haqidagi davlat dasturida, — bog‘liq masalalar hal etilganligini bildiradi. Ayni vaqtda boshqa millat vakillarining o‘zbek tilini o‘rganishlariga yordam berish va ularni rag‘batlantirish O‘zbekiston SSRda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish to‘g‘risida davlat hamda jamiyat g‘amxo‘rligi bilan uyg‘unlashtiriladi. Partiya va hukumat tomonidan jumhuriyatda yashayotgan millat va elatlarning madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Aholining ona tilida ta’lim olish xususidagi ehtiyojlari to‘laroq qondirilmoqda. Bugungi kunda 259 maktabda bolalarga tojik tilida, 491 maktabda qozoq tilida, 52 maktabda turkman tilida, 40 maktabda qirg‘iz tilida, 12 maktabda yunon tilida, 7 ta sinfda koreys tilida ta’lim berilmoqda va ularning soni kundan kunga oshib bormoqda. Toshkent va Samarqand shaharlaridagi oliy o‘quv yurtlarida, Samarqand va Nukus dorilfununlarida tojik, qozoq, qrimtatar, koreys tillarida ta’lim berilmoqda. Bundan tashqari sovet koreyslari, Buxoro yahudiylari, uyg‘urlarning va boshqa millat vakillarining milliy-madaniy jamiyatlari o‘z ona tillari va madaniyatlari ravnaqi yo‘lida ish olib bormoqdalar.

    Jumhuriyatda istiqomat qiluvchi boshqa millat vakillarining o‘z ona tillari bilan bir qatorda o‘zbek tilini o‘zlashtirishlari bu xalqning mahalliy millat vakillari bilan yanada yaqinlashishlariga, bu xalq urf-odati, madaniyati durdonalaridan to‘la ravishda bahramand bo‘lishlarida yangi ufqlar ochib beradi.

    Bugungi kunda o‘zbek bo‘lmagan aholi orasida o‘zbek tilini o‘rganishda zavod, fabrika va joylarda tashkil etilgan to‘garaklar ma’lum miqdorda ish olib bormoqdalar. Ko‘p hollarda bu borada vujudga kelayotgan muammolar iqtisodiy masalalaga borib taqalmoqda. Mana shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Nima uchun aksariyat hollarda bu to‘garaklarning xarajati kasaba uyushmalari zimmasiga tushmoqda. Axir aholining o‘zbek yoki rus tilini o‘rganishi ular orasidagi baynalmilalchilik munosabatlarini vujudga keltiradi-ku. Baynalmilal tarbiya esa partiya va komsomol tashkilotlarining birinchi darajali vazifalari emasmi? Shunday ekan, ularni bu to‘garaklarning faoliyat ko‘rsatishi uchun sarflanadigan xarajatlarni o‘z zimmalariga olishlari maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

    Ma’lumki, hozirgi davrda mamlakatimizning iqtisodiy ahvoli juda og‘ir. Mana shunday sharoitda davlat va xo‘jalik ishlarini Davlat tiliga o‘tkazish ko‘plab sarf-xarajatlarni talab qiladi. Masalan, O‘zbekiston SSR Nozirlar Kengashi qoshida Davlat tilini amalga oshuvini nazorat qiluvchi komissiyaning 1990-yil 5-yanvarida bo‘lib o‘tgan majlisida birgina Maishiy xizmat ministrligida bu ishlarni amalga oshirish uchun 7 million so‘m atrofida mablag‘ lozimligi ta’kidlandi. Shunday ekan, hozirgi sharoitda qonunni iqtisodiy yo‘l bilan to‘la amalga oshirishi ancha uzoqqa cho‘zilishi aniq. Mana shuning uchun ham jumhuriyatda Davlat tilini amalga oshirishni iqtisodiy tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘arma fondini tashkil etish lozim. Nahotki, bir yilda bir marotaba bo‘lsa ham xalqimizning tarixan sinalgan an’analaridan foydalanib hashar yo‘li bilan tushgan mablag‘ni mana shu xayrli ishga sarf qilishning iloji bo‘lmasa?!

    Qonunning tezroq amalga oshishi aholiga o‘z ona tilini puxta egallashiga to‘la imkoniyat yaratadi. Bu esa, o‘z o‘rnida rus va boshqa jahon xalqlari tilini yanada chuqur, puxta egallashga zamin yaratib beradi.

    Islom Inoyatov

    “Guliston” jurnali, 1990-yil, 10-son

    Mavzuga doir:

    • Dardning davosini izlaylik
    • Tilga e’tibor — elga e’tibor
    • Tarqoq dard
    • Elimiz dard-u quvonchi — tilimiz
    • Sharoit talabi. Til haqida mulohazalar
    • Ona tilisiz xalq chirog‘i o‘chgan xalq
    • Til va el uli yoxud qaqragan tilga tiriklik suvi
    • Til mavqeyi — el mavqeyi
    • “Byurokratiya uchun millat, milliy madaniyat, til va shaxs degan tushunchalarning qiymati yo‘q”
    • Til ravnaqi
    • Til — el ruhi

    12.10.2021, 23:40   Izoh (0)   21397
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda YPXdan qochgan Nexia haydovchisini to‘xtatishda tabel qurolidan o‘q uzilgan. IIBB voqea tafsilotlarini e’lon qildi

    12.10.2021, 23:29

    Senatning yigirmanchi yalpi majlisi 20-oktabr kuni chaqiriladi

    12.10.2021, 22:58

    Toshkentda “zakovatchilar” uchun alohida bino barpo qilinadi, harakatni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mlrd ajratiladi

    12.10.2021, 21:43

    “Buxoro viloyatida aholi ehtiyojiga nisbatan 2 baravar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqaradigan elektr stansiyalari quriladi” — Shavkat Mirziyoyev

    12.10.2021, 21:27

    Foto: “Zakovat” o‘yinining final bosqichiga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev

    12.10.2021, 21:11

    Nukusda uyining tomini termit yeb bitirayotgan ayolga ombudsman aralashuvi bilan vaqtinchalik uy ajratildi

    12.10.2021, 20:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Italiyadagi supervulqon global halokatga olib kelishi mumkin” — olimlar

    Dunyo | 30 may, 09:59

    Instagram: Abduqodir Husanov to‘yi yulduzlarni jamladi, Milena Madmusayeva yangi mashinali bo‘ldi, Munisa Rizayevaga 10 ming dollarlik soat sovg‘a qilishdi

    Shou-biznes | 30 may, 09:48

    HAMAS rasman AQSHning o‘t ochishni to‘xtatish rejasini rad etdi

    Dunyo | 30 may, 09:37

    Aktyor bo‘lmaganda, film ham bo‘lmasdi: Gollivud yulduzlari uchun maxsus yaratilgan rollar

    Madaniyat | 30 may, 09:26

    Xorazmda O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i 10 ming dollar olayotganida ushlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 09:15

    Eron Kubogi. “Istiqlol” “Malavan”ni mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Masharipov zaxirada qoldirildi (video)

    Sport | 30 may, 08:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.