• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Institutdagi yagona qora tanli talaba ekanligimdan sarosimaga tushgandim”. Namanganda tahsil olayotgan zambiyalik Milimo Mundia hikoyasi

    Namangandagi Muhandislik-texnologiya instituti magistraturasida Janubiy Afrikaning Zambiya davlatidan kelgan qiz tahsil olmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev hikoya qilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    “Bir necha davlatlar orasidan O‘zbekistonni tanladim”

    Milimo Mundia bakalavr bosqichini Zambiya universitetida maxsus ta’lim va ingliz tilini o‘qitish yo‘nalishida tamomlagan. Keyinchalik bir muddat Hindistonda tahsil olgan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    — Shu yerda boshqa ko‘plab davlatlardan kelgan talabalar, jumladan, o‘zbekistonliklar bilan muloqotda bo‘ldim, mamlakat haqida bilib oldim. Zambiyaga qaytgach, magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirish va buni chet elda amalga oshirishga qaror qildim. Bir necha mamlakatlar va ulardagi oliy o‘quv yurtlari ro‘yxatini tuzdim, ular orasida O‘zbekiston ham bor edi. Oxir-oqibat shu yerni, aniqrog‘i, Namanganni tanladim, — deydi Milimo.

    Ahror Tursunov.

    Ahror Tursunov.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Namangan muhandislik-texnologiya instituti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ahror Tursunovning aytishicha, oliy o‘quv yurtida Milimodan tashqari pokistonlik, rossiyalik, qirg‘izistonlik va tojikistonlik talabalar ham tahsil olmoqda. Ular uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan, to‘lov-kontrakt summalari esa mahalliy talabalarnikidan deyarli farq qilmaydi.

    O‘zbekiston va Zambiya o‘rtasidagi o‘xshash jihatlar

    — Safar oldidan menda ko‘plab savollar bor edi: moliyaviy ahvolim to‘g‘ri keladimi? Madaniyatini singdira olamanmi? Meni qabul qilishadimi, o‘zim ham moslashib keta olamanmi? Namangandagi institutga yetib kelganimda bu yerda yagona qora tanli talaba ekanligimni bilib, biroz sarosimaga tushib qoldim. Yaxshi kutib olishgani va do‘stona munosabat menga kuch berdi. Institutda tanimagan-bilmaganlar ham men bilan iliq salomlashadi, suhbatlashishga harakat qiladi. Oliy o‘quv yurtidan tashqariga, masalan, bozorga chiqsam, hamma tabassum bilan muomalada bo‘ladi. Bu narsalar menga taskin berdi va asta-sekin ko‘nikib, moslashib ketdim. Menda Culture shock, ya’ni kuchli madaniy zo‘riqish bo‘lmadi. O‘zimni shu jamiyatning bir a’zosidek his qilyapman. O‘zbeklardan farqli o‘laroq nasroniyman, ammo bu yerning odamlari boshqa madaniyat vakillari va ularning qadriyatlarini hurmat qilishar ekan. Meni o‘rab turgan mehrli muhit sabab bu yerda ta’lim olishim oson va qulay kechyapti, — deya hikoyasini davom ettiradi Milimo.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Milimoning aytishicha, O‘zbekiston va Zambiya o‘rtasida o‘xshash, ayni paytda, farqli jihatlar ko‘p. Aytaylik, Zambiyaning ham dengizga chiqish yo‘li yo‘q, asosiy daromadi esa qishloq xo‘jaligi, xususan, paxtadan. Xorijdan sayyohlar oqimi tinmaydi, mamlakat hududida dunyodagi eng yirik Viktoriya sharsharasi joylashgan. Milliy park va qo‘riqxonalar ko‘p, ularning eng qadimiysi — Kafue, hududi jihatidan Sloveniyadan ham katta.

    “Palov tayyorlash bo‘yicha professional bo‘lib boryapman”

    Milimo institut hududidagi talabalar turar joyida istiqomat qiladi. Uch kishiga mo‘ljallangan xonani uning o‘zi uchun ajratib berishgan. Yotoqxonada yashagani sababli bu yerdagi talabalar bilan muloqotda bo‘lib, o‘zbek va rus tillarini o‘rganyapti. O‘z navbatida, ularga ingliz tilini egallashlarida ko‘maklashadi. Eng asosiysi, o‘zbek urf-odatlari va taomlariga ko‘nikib boryapti.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    — Taomlardan palovni yaxshi ko‘raman, yana sho‘rva va qatlamani ham. Bularni yurtimga qaytganimda yaqinlarimga, albatta, tayyorlab beraman. Zambiyaning milliy taomi “shima” deb ataladi. Uning turlari ko‘p: mol go‘shtili shima, baliqli shima. Sizlarda ham shima bor, ammo uni boshqa nom bilan ataysizlar. Vatanimdagi taomlarni sog‘insam, u yoki bu shimani tayyorlayman. Aslida, sizlarda deyarli hamma mahsulotlar borligi sabab ko‘p ham Afrika taomlarini sog‘inavermayman. Qaytanga, yurtingiz taomlarini o‘zim uchun kashf qilishni afzal ko‘raman. Palov tayyorlash bo‘yicha esa professional bo‘lib boryapman, — deydi Milimo.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    “Afrikalik yoshlarga O‘zbekistonda o‘qishni tavsiya qilaman”

    Milimoning otasi sobiq harbiy, onasi esa o‘qituvchi. Oilada uch nafar qiz bo‘lib, Milimo ularning to‘ng‘ichi. Unga buvisining nomini qo‘yishgan, bu ism “ish, mehnat” degan ma’noni berar ekan. Chunki Milimo may oyida, Zambiyada hosil olish aynan qizg‘in pallaga kiradigan vaqtda tug‘ilgan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    — Namangandagi yagona zambiyalikman, lekin yagona afrikalik emas. Bu yerda qit’amizning boshqa davlatlari, masalan, Keniya, Nigeriya, Burundidan kelgan talaba va mutaxassislar bilan ko‘rishib turamiz. Balki, poytaxt Toshkent yoki boshqa viloyatlarda zambiyaliklar bordir, ammo hozircha ularni uchratmadim. O‘zbekiston ikkinchi uyimga aylanib ulgurdi. Vatanimdan juda uzoqda bo‘lsam ham, har kuni oilam bilan WhatsApp orqali aloqadaman. Menga ta’lim berayotgan professor va o‘qituvchilar bilan istalgan payt turli masala yoki muammolar yuzasidan maslahatlasha olaman. Bu yerdagi birinchi o‘quv yilim natijalariga kelsak, barcha baholar a’lo darajada. Zambiya, umuman, Afrikaning boshqa davlatlaridagi bo‘lajak talaba va magistlarga ham O‘zbekistonda o‘qishni tavsiya qilgan bo‘lardim, chunki bu yerda ta’lim sifati yuqori, to‘lov haqi va yashash xarajatlari esa qiyinchilik tug‘dirmaydigan darajada, — deydi Milimo.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    NamMTI xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ahror Tursunovning bildirishicha, Janubiy Afrikadan yana bir talabgor institutda o‘qish istagini bildirgan. Hozirda uning hujjatlari ko‘rib chiqilmoqda. Institutda uning istagi amalga oshishini eng sabrsizlik bilan kutayotgan Milimo Mundia bo‘lsa ajab emas...

    10.10.2021, 19:34   Izoh (0)   89975
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda otasining Nexia’sini haydab ketib, Matiz bilan to‘qnashgan 14 yoshli bola bir kishining umriga zomin bo‘ldi

    10.10.2021, 18:12

    Toshkentda 2 yil ichida rekord darajada qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi ushlandi

    10.10.2021, 17:11

    Abdulaziz Komilov Nur-Sultonda afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini muhokama qiladi

    10.10.2021, 16:31

    “Navoiyazot” Zarafshon daryosiga zaharli oqova suvlari chiqarilgani sabab baliqlar ommaviy ravishda nobud bo‘lganiga munosabat bildirdi

    10.10.2021, 15:09

    Qamchiq dovonida MAN yuk mashinasi YTHga uchradi

    10.10.2021, 12:06

    Turkiya O‘zbekistonga COVID-19 vaksinasi va dori-darmonlar yetkazib beradi

    10.10.2021, 11:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.