Namangan viloyatining Uychi tumanida Nexia va Matiz to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 8-oktabr kuni soat 15:00 larda R-263 Uychi aylanma yo‘lining 7-kilometrida yuz bergan. Shu tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan, 2007-yilda tug‘ilgan bola otasining Nexia’sini tegishli hujjatlarsiz boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va qarshisidan harakatlanib kelayotgan Matiz bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Matiz’da bo‘lgan 23 yoshli yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Matiz va Nexia haydovchilari hamda Nexia’da bo‘lgan 35 yoshli yo‘lovchi miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga doir:
- Аndijonda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda haydovchining 13 yoshli ukasi vafot etdi
- Farg‘onada Damas’ni ruxsatsiz haydagan 11 yoshli bola 2 yashar qizning o‘limiga sababchi bo‘ldi
- Xorazmda 18 yoshli yigit otasining Lacetti’sida Damas bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 19 yoshli qiz vafot etdi
- Surxondaryoda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit otasining Cobalt’ida YTHga uchradi. Avariya oqibatida 22 yoshli yigit vafot etgan