8-oktabr kuni olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.
Richard Atugonzaning “Serenity” asarini tomosha qilayotgan Londondagi Christie’s auksioni xodimasi Sofiya.
Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Monpelyedagi Yangi Afrika—Fransiya sammiti doirasidagi basketbol musobaqasida qatnashdi.
Foto: EPA
Shveysariyada dala qo‘riqchisi Pol-Bernard Valette uzum o‘g‘irlanishiga qarshi kurashda uzumzorlarni tekshirmoqda. Vallis uzumzorlarida har yili o‘g‘rilik sodir bo‘ladi.
Foto: AP Photo
Mavzuga doir: Xitoyda uchuvchisiz uchish apparatining parvoz davomiyligi bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi
Yaponiya imperatori Naruxito parlamentning yuqori palatasida navbatdan tashqari sessiyasining ochilish marosimida nutq so‘zlaganidan keyin zaldan chiqib ketmoqda.
Foto: EPA
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Fumio Kisidani Yaponiya bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi
Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida shia masjidida juma namozi vaqtida yuz bergan portlash oqibatida 100 ga yaqin odam halok bo‘ldi.
Foto: “TASS”
Iroq xavfsizlik kuchlari a’zolari mamlakat shimolidagi Basra shahrida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari uchun muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etmoqda.
Foto: AFP
Rassom Slava ATGM Moskvada jurnalist Anna Politkovskaya xotirasiga bag‘ishlab ko‘chalardagi bir nechta quduqlarga lyuklar o‘rnatdi.
Foto: EPA
San-Pauluda COVID-19 qurbonlari yodgorligi ochildi. Braziliyada koronavirusdan vafot etganlar soni deyarli 600 mingga yetdi.
Foto: “TASS”
Nyu-Yorkda har yili komikslar, filmlar, video o‘yinlar, anime va fantaziya olami muxlislarining Comic Con nomli yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 2020-yili Comic Con koronavirus pandemiyasi tufayli birinchi marta onlayn rejimida bo‘lib o‘tdi.
Foto: EPA
Londonda Eva Juskkevichning Mariya surati Friz haftaligidagi Sotheby’s auksioni oldidan namoyish etildi.
Foto: Getty Images
Nobel mukofotining Tinchlik bo‘yicha laureati Dmitriy Muratovning Moskvadagi matbuot anjumani.
Foto: “TASS”
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- “Tolibon” qo‘liga tushgan giyohvandlar, yulduziga ega chiqqan Jeyms Bond, neft bilan qoplangan plyaj. 7-oktabr suratlari
- Toshkentdagi bo‘yalayotgan “dom”, Angliyada kurka yetishmovchiligi, karantin rekordini o‘rnatgan shahar. 6-oktabr suratlari
- Kosmosda olingan ilk kino, qovoqlar bilan to‘lgan favvora, Al Kaponening sotilayotgan qo‘l soati. 5-oktabr suratlari
- Rim Papasi va islomshunos olim uchrashuvi, loyga botgan sportchi, sobiq prezident saqlanayotgan qamoqxona. 4-oktabr suratlari
- Hayvonlar uchun qurilgan ko‘prik, daraxt ekayotgan qirolicha, ilk qorni “tatib ko‘rmoqchi” bo‘lgan o‘quvchi. 1-oktabr suratlari
- Vaksinatsiyaga qarshilar mitingi, jurnalistga qurol o‘qtalgan “Tolibon” askari, bir yilga qamalgan sobiq prezident. 30-sentabr suratlari
- Xogvarts maktabidagi shou, benzin uchun navbatda turgan britaniyaliklar, turmada saqlanayotgan afg‘on ayollari. Hafta suratlari