O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi rahbari Fumio Kisidani Yaponiyaning bosh vaziri etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: AP Photo

Qayd etilishicha, tabrik maktubida davlat rahbari mamlakatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan O‘zbekiston—Yaponiya hamkorligida mavjud ulkan salohiyat har ikki davlat xalqlari farovonligi yo‘lida har tomonlama ro‘yobga chiqishiga ishonch bildirgan.

Ma’lumot uchun, Fumio Kisida 4-oktabr kuni bosh vazir etib saylandi. U Yaponiyaning 100-bosh vaziri bo‘ldi. Bunga qadar Kisida tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan.

Fumio Kisidaga qadar 2020-yilning sentabridan buyon Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Yosixide Suga mamlakat hukumatiga rahbarlik qilgan.