• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Doniyor G‘aniyev ikkilamchi bozordagi avtomobillar oldi-sotdisidagi bojlarni pasaytirishni so‘rab deputatlik so‘rovi yubordi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev ikkilamchi bozordan avtomobil xarid qilinganda uni boshqa shaxs nomiga notarial rasmiylashtirish hamda DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan davlat boji va yig‘imlar stavkalarining yuqoriligi ko‘plab fuqaro va saylovchilarning noroziligiga sabab bo‘layotgani haqida yozdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum qilinishicha, amaldagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga asosan avtomobil oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun undiriladigan davlat boji transport vositasining dvigatel quvvati (ot kuchi) va ishlab chiqarilgan sanasidan kelib chiqqan holda BHMning 2 barobari (hozirda 540 ming so‘m)dan 10 barobari (2,7 million so‘m)gacha etib belgilangan. Bundan tashqari, notarius pullik xizmatlari uchun BHMning 65 foiz miqdorida (175,5 ming so‘m) qo‘shimcha to‘lovlar bor.

    Shuningdek, sotib olingan avtotransport vositasini DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ham transport vositasining ot kuchi va ishlab chiqarilgan sanasidan kelib chiqqan holda yig‘im belgilangan. Avtotransport yig‘imidan tashqari, fuqarodan sotib olingan avtomobilga yangi qayd etish guvohnoma (“texpasport”)si, davlat raqam belgisi va ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati uchun jami 621 ming so‘m qo‘shimcha to‘lovlar undiriladi.

    Misol uchun, ot kuchi 105 bo‘lgan va ishlab chiqarilgan sanasi 3 yildan ko‘p bo‘lmagan Nexia avtomobilini oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun 1 795 500 so‘m, DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun esa 3 739 500 so‘m, ya’ni jami 5 million 535 ming so‘m xarajat talab qilinmoqda.

    Solishtirish uchun, avtomobilni tasarruf etish va sotish huquqi bilan begona shaxslarga beriladigan ishonchnoma (xalq tilida “gendoverennost”) uchun belgilangan davlat boji BHMning 3 barobari (810 ming so‘m) etib belgilangan. Pullik notarius xizmatlari bilan qo‘shib hisoblaganda ham bunday ishonchnoma jami 985,5 ming so‘m xarajat talab etadi. Shuningdek, ishonchnomalarni DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.

    “Natijada avtomashina oldi-sotdisi uchun belgilangan yuqori boj va yig‘imlar bois aksariyat hollarda fuqarolar oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishni chetlab o‘tib, uni ishonchnoma orqali rasmiylashtirishni ma’qul ko‘rmoqda. Oxirgi yillarda notarial idoralar orqali begona shaxslarga avtomobillarni tasarruf etish va sotish huquqi bilan berilgan ishonchnomalar soni keskin oshgani ham buni tasdiqlamoqda”, — deya ta’kidlaydi deputat.

    Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilda begona shaxslarga tasarruf etish huquqi bilan rasmiylashgan ishonchnomalar soni atigi 20 996 ta bo‘lgan bo‘lsa, bu raqam 2020-yilda 18 barobarga oshib, 376 521 taga yetgan. 2021-yilda (2021-yil 18-sentabr holatiga) begona shaxslarga tasarruf etish huquqi bilan rasmiylashgan ishonchnomalar soni 324 721 tani tashkil etgan. Shuningdek, notarial rasmiylashgan avtomobil oldi-sotdi shartnomalarining soni ham 2018-yildagi 343 674 tadan 2020-yilga kelib 308 413 taga kamaygan.

    Ushbu ishonchnomalarni katta qismi aslida oldi-sotdi shartnomasi ekani inobatga olinsa, bunday haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan avtobitimlar mulk huquqi va fuqarolik munosabatlarida salbiy oqibatlar keltirib chiqarmoqda.

    Birinchidan, ishonchnoma 3 yildan oshmagan muddatga beriladi va xohlagan paytida ishonchnoma bergan shaxs tomonidan bekor qilinishi mumkin. Ikkinchidan, ishonchnoma bergan shaxs vafot etsa, ishonchnoma avtomatik bekor bo‘ladi. Uchinchidan, haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganda jarimalar ishonchnoma beruvchi nomiga kelib tushaveradi va turli nizolarga sabab bo‘ladi.

    “Ko‘rinib turibdiki, ikkilamchi bozordan xarid qilingan avtotransportni xaridor nomiga o‘tkazish uchun belgilangan davlat boji va DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘im stavkalarining qayta ko‘rib chiqish zaruriyati bor. Qolaversa, avtomobil oldi-shartnomasini rasmiylashtirish xarajatlari kamaysa, ularning soni oshib, davlat budjetiga undirilishi ko‘zlangan tushumlar miqdori ham oshadi”, — deb yozadi Doniyor G‘aniyev.

    Shundan kelib chiqib, moliya vaziriga 2022-yil uchun davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda avtomobil oldi-shartnomasini rasmiylashtirish uchun belgilangan to‘lovlar miqdorini pasaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘rab, deputat so‘rovi yuborilgan.

    “Shuningdek, parlamentda budjet loyihasi muhokamasi boshlanganda ushbu masalaga alohida e’tibor qaratib, kun tartibiga olib chiqishga harakat qilaman”, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

    Mavzuga doir: 

    • “Prezident Administratsiyasi tomonidan tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan qaror loyihasi ishlab chiqilgan” — deputat Doniyor G‘aniyev
    • “Shermatov vaziyatdan foydalanib, piar qilibdilar-da” — Doniyor G‘aniyev davlat budjeti tasdiqlanishi haqida

    08.10.2021, 12:09   Izoh (0)   24049
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OTB O‘zbekistonda moliyaviy bozorlarni rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi

    08.10.2021, 11:39

    Toshkentda ishqiy munosabatda bo‘lgan “sevgan qizi”dan pul undirib kelgan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    08.10.2021, 11:08

    Janubiy Koreyaga ishlash uchun borib, ish joyidan noqonuniy chiqib ketgan fuqarolar O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

    08.10.2021, 10:11

    O‘zbekistonga dam olish kunlari sovuq havo oqimi kirishi kutilmoqda

    08.10.2021, 09:44

    Buxoroda tuman hokimi o‘z xizmat xonasini yoshlarga bo‘shatib berdi

    08.10.2021, 09:31

    O‘zbekistonda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni so‘nggi 3 yilda ikki barobar oshdi

    08.10.2021, 08:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.