O‘zbekistonda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni oshdi, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Foto: “Daryo” / Madina NurmanQayd etilishicha, 2020/2021-o‘quv yili boshida respublika bo‘yicha 20 ta xorijiy oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.
So‘nggi 3 yilda faoliyat yuritgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni quyidagicha o‘zgargan:
- 2018/2019-o‘quv yili boshida — 10 ta;
- 2019/2020-o‘quv yili boshida — 18 ta;
- 2020/2021-o‘quv yili boshida — 20 ta.
Mamalakatda xorijiy OTMlar filiallari yildan yilga ko‘paymoqda. Xususan, 2021/2022-o‘quv yilidan Toshkentda
Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali,
Butunrossiya kinematografiya instituti filiali, Vengriyaning
Debretsen universiteti filiali, 2022/2023-o‘quv yilidan esa
Rossiya tibbiyot universitetining Toshkent filiali ta’lim faoliyatini boshlaydi. Poytaxtda, shuningdek,
Italiyaning Piza universiteti filiali ochilishi kutilmoqda. Yangi OTM geologiya yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlaydi.
Izoh (0)