Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning qaysi tumanida 2020-yili eng ko‘p o‘g‘il bola tug‘ilgani haqida ma’lumot berdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida jami tug‘ilganlarning 56,2 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etgan.
Bu mamlakatning tuman va shaharlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bundan avval O‘zbekistondagi oilalarning aksariyati nechta bolali ekani, qaysi viloyatdagi oilalar eng serfarzand ekani hamda mamlakatda 2021-yilning dastlabki 6 oyida qaysi hududda eng ko‘p egizak tug‘ilgani haqida ma’lumot berilgandi.
Izoh (0)