Gollivud yulduzi Uill Smit GQ jurnaliga bergan intervyusida filmografiyasidagi qaysi loyihalarni eng yaxshi va yomon deb hisoblashini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Film.ru”.
“Eng yaxshilariga keladigan bo‘lsak, bu borada ‘Qoradagi odamlar’ va ‘Baxt ortidan quvib’ o‘rtasida durrang bo‘ladi. Turli sabablarga ko‘ra, ushbu ikkisi deyarli ideal”, — deya ta’kidlaydi Smit.
Eng yomon filmi deya aktyor “Yovvoyi, yovvoyi G‘arb”ni atagan: “Tirnoq ichidagi zirapchadek. O‘zimni charm ishtonlarda ko‘rish ham menga yoqmaydi”.
Avvalroq Smit “Matritsa”ning birinchi qismida Neo rolini ijro etishdan bosh tortgani va buning o‘rniga “G‘arb”da suratga tushganini aytgan edi. Bunga kartina rejissorlari bo‘lgan Vachovskilar tomonidan loyihaning “yovvoyicha” taqdim etilishi bo‘lgan.
Avvalroq Uill Smit AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan Yangi Orleanda mushakbozlik bo‘lmasligidan xabar topgach, uni o‘zi tashkillashtirgan edi.
Izoh (0)