Amerikalik aktyor Uill Smit Yangi Orlean shahri aholisi uchun Missisipi daryosi bo‘yicha mushakbozlik uyushtirdi. U shahar ma’muriyati AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan bu ishni qilishni rejalashtirmayotganidan xabar topgach amalga oshirgan, deb xabar beradi Esquire.

Foto: Getty Images

Mushaklarning qiymati — 100 ming dollar. Yangi Orleanda mushakbozlik 2020-yildan buyon o‘tkazilmay kelinayotgan edi — bunga pandemiya sabab qilib ko‘rsatilgan.

Smit Yangi Orleanda “Emansipatsiya” nomli filmning suratga olish ishlari sabab bo‘lib turibdi. Aktyor unda Luizianadagi plantatsiyadan qochgan Piter ismli qul rolini ijro etmoqda. Filmda qahramon, shuningdek, fuqarolik urushida ittifoq armiyasi a’zosi sifatida ham ko‘rinish beradi.

Avvaliga ushbu filmni Jorjiyada suratga olish rejalashtirilgan edi, biroq shtatda qora tanli amerikaliklar oq tanlilar bilan teng saylov huquqidan mahrum etilishi mumkinligi borasida yangi qonun qabul qilingani sabab Luizianaga ko‘chirilgan.