Ko‘pincha bekajonlarga noodatiy taomlar yoqadi. Pomidorli sous, pishloq va kolbasa uyg‘unligidagi ta’m esa barchaga manzur kelishi tabiiy.
Kerakli mahsulotlar:
- gulkaram – 1 bosh;
- tuxum – 2 dona;
- un – 3 osh qoshiq;
- sarimsoq kukuni – 1/2 choy qoshiq;
- pishloq – 70-80 gramm;
- pitssa uchun sous – 2-3 osh qoshiq;
- kolbasa, ko‘kat, tuz va ziravorlar.
- Gulkaram blenderda maydalanadi va tuxum, un, ko‘kat, sarimsoq va ziravorlar bilan aralashtiriladi.
- Keks qoliplari yog‘lanib, ikki osh qoshiqdan tayyorlangan aralashma quyiladi.
- 25-30 daqiqa davomida 200 daraja pechda pishiriladi.
- Keyin sous solib, o‘rtasiga to‘rtburchak shaklida to‘g‘ralgan kolbasalar solinadi va maydalangan pishloq sepiladi. Yana pechga 5-7 daqiqaga qo‘yiladi.
Izoh (0)