Hafta davomida olingan sara suratlar jamlanmasini namoyish etamiz.
Londonda o‘yinchilar va muxlislar vafot etgan Angliya terma jamoasi futbolchisi Jimmi Grivz xotirasiga hurmat ko‘rsatib, bir daqiqalik sukut saqlamoqda.
Foto: Getty Images
AQShning chegara otliq zobiti gaitilik muhojirning Rio-Grande qirg‘og‘idagi lagerga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Foto: AFP
Kobulda “Tolibon” harbiysiga qarab turgan tirbandlikda qolgan haydovchilar va yo‘lovchilar.
Foto: AP Photo
Mavzuga doir: Qo‘rquv nimaligini bilmaydigan o‘zbek chegarachilari va qo‘rquvdagi afg‘onlar. O‘zbekiston—Afg‘oniston chegarasidan reportaj
Ukraina harbiy xizmatchisi Donetsk viloyati, Novhorodske shahri yaqinida ayirmachilarga qarashli dronni o‘qqa tutmoqda.
Foto: AFP
Shimoliy Irlandiyada Bolddog Lings erkin motokross kaskadyorlar jamoasi koronavirus tufayli bir yillik tanaffusdan keyin an’anaviy Balmoral qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida o‘z shoularini namoyish etmoqda.
Foto: Reuters
Xitoyning Danjay shahrida mamlakat milliy bayrami arafasida qizil chiroqlarni tartibga keltirayotgan ishchi.
Foto: AFP
Mavzuga doir: “Tolibon”dan qochish. Eng taniqli siyosatchi ayollar Afg‘onistondan chiqib ketishga qanday muvaffaq bo‘ldi?
Angliyaning Chichester shahrida Settrington kubogi doirasida pedalli avtomobil poygasida ishtirok etayotgan bolalar.
Foto: Reuters
Katmandudagi Bxaktapur Durbar maydonida Indra Jatra hindu festivali doirasida spektaklda chiqishidan oldin bolaning yuzi bo‘yalmoqda.
Foto: AFP
Chilining Santyago shahrida Mustaqillik bayramining bir qismi bo‘lgan harbiy paradda qatnashayotgan harbiylar.
Foto: Getty Images
Ispaniyaning Palma orolida vulqon etagida oqayotgan lava. Vulqon otilishi sabab oroldagi minglab odamlar evakuatsiya qilindi.
Foto: Getty Images
Turkiyaning Lapseki va Gelibolu tumanlari orasidagi Dardanell bo‘g‘ozi ustidan o‘tgan Chanoqqal’a ko‘prigining qurilish jarayoni.
Foto: Getty Images
Seul stansiyasi oldidagi koronavirus tahlili uchun odamlardan namuna olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan tibbiyot xodimi.
Foto: EPA
Kaliforniyaning Los-Anjeles va Long-Bich portlari yaqinidagi yuk tashish uchun navbat kutayotgan konteyner tashuvchi kemalar.
Foto: Getty Images
Avvalgi kunlarning fotogalereyalar:
- Sotuvga chiqqan iPhone 13, ish haqidan norozi shifokorlar, yong‘indan keyin sovitilayotgan daraxtlar. 24-sentabr suratlari
- Erta nikohga qarshi kelinlar, qo‘lini qush cho‘qib olgan Merkel, kamuflyajlarni namoyish etayotgan harbiylar. 23-sentabr suratlari
- Baydenni eshitishni xohlamagan isroilliklar, hashamatli yaxtalar ko‘rgazmasi, qizlar maktabiga qilingan hujum. 22-sentabr suratlari
- Ko‘ngilxushlik qilayotgan “Tolibon” harbiylari, norozilik bildirib, qabrga tushib olgan dehqonlar, sayozlikda turib qolgan kema. 21-sentabr suratlari
- Hukumat tomonidan maymunlarga ajratilgan mablag‘, Venetsiya ko‘chalarida suzib yurgan “Nuh skripkasi”, Qur’on o‘rganayotgan kobullik bolalar. 20-sentabr suratlari
- Britaniyada qurilgan Vinni Pux uyi, basseynda o‘tayotgan moda haftaligi, mehmonxonaga aylantirilgan samolyot. 17-sentabr suratlari
- Reklama qilingan politsiya, Parijda o‘rangan “G‘alaba arki”, poyezddan otilgan raketa. 16-sentabr suratlari