• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Tolibon” afg‘onistonliklarga soqol oldirishni taqiqladi, Ashraf G‘ani toliblarni qo‘llab-quvvatlashga da’vat etdi. Afg‘oniston yangiliklari

    “Tolibon” Afg‘oniston aholisiga sartaroshxonalarda soqol oldirishni taqiqladi

    “Tolibon” erkaklar sartaroshxonalariga mijozlarning soqollarini qirtishlab olib tashlashni taqiqladi. Ushbu taqiqni Afg‘oniston yangi hukumati shariat qoidalari bilan izohladi.

    Tegishli buyruqlar Hilmand va Hirot viloyatlaridagi, shuningdek, Kobuldagi sartaroshxonalarga kelib tushgan.

    Sartaroshxonalar egalari va xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur taqiq ularning biznesini kasodga uchraganini bildiradi.

    Ta’kidlanishicha, 2011-yilda toliblar hokimiyatdan chetlatilgach, sartaroshxonalar, birinchi navbatda, yoshlar orasida barqaror tarzda ommalashib ketgan edi.

    Mavzuga doir: “Qo‘llarni chopib tashlash xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur”. “Tolibon” Afg‘onistonda jismoniy jazolarni qaytadan joriy qilmoqchi

    Afg‘oniston sobiq prezidenti “Tolibon” bilan hamkorlikka da’vat etdi

    Afg‘onistonning qochoq prezidenti Ashraf G‘anining Facebook’dagi sahifasida uning nomidan xalqaro hamjamiyatga qaratilgan “Tolibon” hukumatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan da’vat paydo bo‘ldi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    “Xalqaro hamjamiyat afg‘on xalqidan o‘zini chetga olmasdan, joriy hukumat bilan hamkorlik qilishi kerak”, — deyilgan G‘anining postida.

    “Ularga yordam bering, muzlatilgan mablag‘larni afg‘on xalqiga qaytaring va ularni (Afg‘onistonning yangi hukumatini) tan oling”, — deyilgan sobiq prezident xabarida.

    Biroz vaqt o‘tgach, Afg‘oniston sobiq prezidentining Twitter sahifasida uning Facebook’dagi akkaunti avvalroq xakerlik hujumiga uchragani haqida xabar paydo bo‘ldi. G‘ani ogohlantirishicha, u akkauntini o‘z qo‘liga qaytarib olmagunicha, u yerdagi barcha postlarni ham haqiqatga to‘g‘ri keladi, deb hisoblash mumkin emas.

    Mavzuga doir: “Tolibon” Ashraf G‘ani Afg‘onistondan o‘g‘irlab ketgan pullar qaytarilishini talab qildi

    Toliblar Afg‘onistonga xalqaro reyslarni qayta tiklashni so‘radi

    “Tolibon” aviakompaniyalardan Afg‘onistonga xalqaro reyslarni qayta tiklashni so‘radi. Toliblar hukumati aviakompaniyalar bilan to‘liq hamkorlik qilishga va’da berib va Kobul aeroportidagi muammolar hal qilinganini aytib, xalqaro parvozlarni qayta boshlashga da’vat etdi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Abdulqahhor Balxiyning aytishicha, xalqaro reyslar to‘xtab qolishi natijasida afg‘onlar ish va o‘qish yuzasidan sayohat qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

    Hokimiyat tepasiga “Tolibon” kelganidan buyon aeroportdan cheklangan miqdorda gumanitar va yo‘lovchi reyslari amalga oshirilgan. Ammo tijoriy xizmatlar qayta boshlanganicha yo‘q, chunki aeroport o‘n minglab xorijliklar va afg‘onlarning tartibsiz evakuatsiya qilinishi natijasida yopilgan edi.

    Keyinroq havo bandargohi Qatar va Turkiya texnik guruhlari hamkorligida ochildi. Hozir ba’zi aviakompaniyalar, shu jumladan, Pokiston xalqaro havo yo‘llari cheklangan xizmatlarni taklif qilmoqda, biroq chiptalar narxlari odatdagidan ko‘p barobar qimmatroq.

    Mavzuga doir: Kobul xalqaro aeroporti rasman qayta ishga tushdi

    Qozog‘iston Afg‘oniston hukumati bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishga tayyor

    Qozog‘iston Afg‘oniston yangi hukumati bilan ishchi aloqalarni o‘rnatishga tayyor, ammo ularni tan olish haqida hozircha gap bormayapti, dedi Qozog‘iston TIV rasmiy vakili Aybek Smadiyarov Respublikaning Kobuldagi elchisi Alimxan Yesengeldiyev va Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttakiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni izohlar ekan.

    “Uchrashuvda Qozog‘iston Respublikasi nomidan afg‘on xalqiga gumanitar yordam berish va savdo masalalari muhokama qilindi. Bundan ortiq hech narsa yo‘q. Tan olish haqida hozircha gap bormayapti. Biz yangi hukumat bilan ishchi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga tayyormiz. Bu hozir ushbu mamlakat oldida turgan gumanitar masalalarni hal qilish uchun muhim”, — dedi Smadiyarov.

    Sentabr boshida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev respublika, birinchi navbatda, juda zarur gumanitar muammolarni hal qilish uchun yangi hukumat bilan konstruktiv ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

    Mavzuga doir: Qirg‘iziston “Tolibon” bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqda. Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Afg‘oniston hukumati vakillari bilan uchrashdi

    Afg‘onistonda tez orada yangi namunadagi pasportlar beriladi

    Afg‘oniston fuqarolari tomonidan avvalgi rejim davrida olingan pasportlarning barchasi amalda qoladi, ammo tez orada “Afg‘oniston islom amirligi” (mamlakatda hokimiyatni egallab olgan “Tolibon” o‘z-o‘ziga bergan nom) degan davlat nomi tushirilgan yangi namunadagi hujjatlar berila boshlaydi. Bu haqda muvaqqat hukumat axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Zabihulla Mujohid ma’lum qildi.

    So‘nggi vaqtlarda Afg‘onistonda pasportlar berilishi to‘xtatib qo‘yilgan edi, bu esa mamlakatning bir nechta shaharlarida ketma-ket namoyishlarni keltirib chiqargan edi. 20-sentabr kuni “Tolibon” rahbariyati A’lam G‘ulom Haqqoniyni Afg‘oniston IIV huzuridagi pasportlar berish masalalari bo‘yicha bosh boshqarmaning yangi boshlig‘i etib tayinlagan edi.

    Mavzuga doir: “Tolibon” tuzgan hukumatning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, vizalar qora bozori gullab-yashnamoqda. Afg‘oniston yangiliklari

    27.09.2021, 17:25   Izoh (0)   49664
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaponiya birinchi marta Xitoy, Rossiya va KXDRni kibermakondagi tahdidlar deb atadi

    27.09.2021, 16:24

    Ramzan Qodirov saylovda 99,7 foiz ovoz to‘plab, jahon rekordini o‘rnatdi

    27.09.2021, 14:27

    Qirg‘iziston prezidenti Afg‘onistondan kelgan etnik qirg‘izlar uchun shaharcha qurilishini boshlab berdi

    27.09.2021, 13:43

    JSST 15 yil ichida birinchi marta havo sifati bo‘yicha tavsiyalarini kuchaytirdi. Havo ifloslanishidan yiliga 7 mln kishi vafot etadi. Bu chekish oqibatidagi o‘lim...

    27.09.2021, 12:31

    JSST koronavirusning kelib chiqishini o‘rganishni yangi jamoa bilan davom ettiradi

    27.09.2021, 12:16

    Erdo‘g‘on AQShni Afg‘oniston kabi Suriya va Iroqdan ham o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi

    27.09.2021, 10:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.